O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

RASMIY BAYONOT: Oʻzbekistonda koronavirus kasalligi bilan roʻyxatga olingan bemorlar soni 472 nafarni tashkil etdi

2020-04-07 | Sog‘liqni saqlash

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshligʻi, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov:

– Mamlakatimizda ayni daqiqalarga kelib koronavirus kasalligi bilan roʻyxatga olingan bemorlar soni 472 nafarni tashkil etyapti. Virusologiya ilmiy-tekshirish institutidan olingan maʼlumotga koʻra, ushbu institut klinkasida davolanayotgan 92 bemorning 23 nafarida pnevmoniya belgilari kuzatilyapti, 5 nafarining ahvoli ogʻir, deb baholanmoqda. Epidemiologiya-mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish institutida davolanayotgan 66 bemordan 1 nafarining ahvoli oʻrta ogʻirlikda, 1 nafariniki esa oʻta ogʻir.
 
Hurmatli yurtdoshlar!
 
Koronavirusga chalingan bemorlar Toshkent shahridan tashqari yana 8 ta viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonalarida davolanayotgani toʻgʻrisida maʼlumot bergan edik. Bu bemorlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda doimiy yashaydigan fuqarolardir. Ular qaysi charter reys bilan qayerga olib kelingan boʻlsa, aynan shu yerda tibbiy kuzatuvga olingan, bemorlar esa tegishli tibbiy muolajalarni olyapti. Biron bir hudud fuqarolari bizda kasallik chiqmadi, degan fikr qilishi kerak emas. Kasallikka chalinganlar respublikamizning barcha hududlaridan aniqlangan. Bundan koʻrinib turibdiki, har bir hududga kasallik kirib kelishi ehtimoli yoʻq emas.
 
Shunday ekan, har biringiz sergak boʻling. Uyda qoladigan boʻlsangiz kasallik uyingizga kirmaydi, oilangizni shu dardga mubtalo qilmaysiz.
 
Yana bir jihatga eʼtiboringizni qaratmoqchiman: siz kasallikka chalinganlar bilan muloqotda boʻldingizmi, bu maʼlumotni yashirmang, tibbiyot xodimlarini, epidemiologlarni chalgʻitishga urinmang, darhol bu haqda xabar bering. Oʻzboshimchalik bilan uyda qolib davolanmang. Kasallik biron belgisi paydo boʻlishi bilan, uyingizga tibbiyot xodimini chaqiring. Shundagina kasallik oila aʼzolaringizga, yaqinlaringizga yuqishining oldini olasiz va oʻzingizda jiddiy asoratlar boʻlishiga yoʻl qoʻymaysiz.
 
Karantin – bu sinov muddati. Hanuzgacha, ming afsuski, odamlarimiz bu holatni anglab yetmayapti, beparvo. Qaysidir xonadonga kasallik kirib borgandagina ularning koʻzi ochilyapti. Bu fikrlarni bejizga qayta-qayta aytayotganimiz yoʻq. Har biringizni ogohlantirish bizning vazifamiz, hushyor boʻlish, masʼuliyatni his qilish esa sizning zimmangizdagi vazifa ekanini unutmang!
 

Поделиться