O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Ucell SIM-kartani bepul yetkazib berish xizmatini yoʻlga qoʻydi

2020-04-06 | Texnologiyalar

Karantin kunlarida abonentlar haqida qaygʻurib, Ucell uyali aloqa operatori masofadan turib xizmat koʻrsatish imkoniyatlarini kengaytirdi.

Yangi raqam ulamoqchi boʻlgan abonentlar uydan chiqib, oʻzlarini ortiqcha xavf ostiga qoʻyishlari shart boʻlmaydi. Ucell xodimi SIM-kartani aytilgan manzilga yetkazib beradi. Raqamni tanlash uchun pasport yoki shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat boʻlsa kifoya.

Masofaviy ulanish xizmatini ikki yoʻl bilan amalga oshirish mumkin:

— Call-markaz operatorlari orqali. Qisqa raqamga qoʻngʻiroq qiling (8123)

— Kompaniyaning korporativ veb-sayti orqali. Hammasi aniq, sodda va qulay. https://ucell.uz/uz/subscribers/services2/subscrib...

SIM-karta buyurtma olingan kundan boshlab 48 soat ichida yetkazib beriladi, dam olish kunlari esa 72 soat ichida. Karantin vaqtida xizmat bepul taqdim etiladi.

SIM-kartani olgan abonentlar soni kundan kunda oshmoqda. Yetkazib berish geografiyasi ham kengaymoqda. Bular − Toshkent shahridagi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar Milliy banki va Gulistondagi Sirdaryo viloyati pulmonologiya va ftiziologiya markazi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kegeyli tumani va Samarqand viloyatining Oqdaryo tumani aholisi.

30ta SIM-kartaga buyurtma bergan “Fargʻonaazot” AJ kabi kata korporativ mijozlar bilan bir qatorda uzoq manzillardan kelib tushgan buyurtmalarga ham katta ahamiyat berilmoqda. Misol uchun, Namangan viloyatining Norin tumanidagi keksa buvijon soʻragan SIM-kartani Ucell kuryeri bir soatdan ortiq yoʻl bosdi va topshirdi.

Ucellning har bir xodimi har doim, ayniqsa karantin kunlarida, abonentlarning ishonchini qadrlaydi va har doim yordam berishga tayyor.

Поделиться