O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Ichki ishlar vazirligining axboroti
2020-04-06 | Jamiyat
Karantin tadbirlari e'lon qilingan vaqtdan bugungi kunga qadar respublikamiz bo'yicha karantin qoidalariga amal qilmaslik bilan bog'liq jami – 29 953 ta holat aniqlangan.
Ular:
- Toshkent shahrida – 4 929 ta holat;
- Farg'ona viloyatida – 3 675 ta holat;
- Toshkent viloyatida – 3 450 ta holat;
- Samarqand viloyatida – 2 936 ta holat;
- Qashqadaryo viloyatida – 2 584 ta holat;
- Namangan viloyatida – 2 011 ta holat;
- Sirdaryo viloyatida – 1 860 ta holat;
- Andijon viloyatida – 1 677 ta holat;
- Jizzax viloyatida – 1 582 ta holat;
- Surxondaryo viloyatida – 1 476 ta holat;
- Xorazm viloyatida – 1 239 ta holat;
- Buxoro viloyatida – 1 226 ta holat;
- Qoraqalpog'iston Respublikasida - 978 ta holat;
- Navoiy viloyatida – 330 ta holatni tashkil etmoqda.
Karantin qoidalari va saniyatariya cheklovlariga rioya qilish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilishiga qaramasdan, hamon qoidabuzarlik holatlari kuzatilmoqda.
Misol uchun, 5 aprel kuni Toshkent shahar, Mirzo Ulug'bek tumani, Sayram 1-tor ko'chasida yashovchi 1981 y.t. M.SH., Jizzax viloyati, Baxmal tumani, “Mo'g'ol” qishlog'ida yashovchi 1988 y.t. A.A., Samarqand viloyati, Oqdaryo tumani, “YAngiobod” mahallasida yashovchi 1994 y.t. M.N., Buxoro viloyati, Romitan tumani, “SHo'rcha” mahallasi, YA.SHo'rcha qishlog'ida yashovchi 1974 y.t. B.Q., Namangan viloyati, Namangan tumani, “Xonobod” mahallasida yashovchi 1999 y.t. fuqaro X.T., Andijon viloyati, Andijon tumani, “Mingo'rik” mahallasi, Farobiy ko'chasida yashovchi 1998 y.t. J.Q., Surxondaryo viloyati, SHerobod tumani, “CHo'yinchi” mahallasida yashovchi 1981 y.t. B.V. jamoat joyida tibbiy niqobsiz yurganliklari aniqlanib, Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 54-moddasi bilan ma'muriy javobgarlikka tortilganlar.
5 aprel kuni Toshkent shahar, Mirobod tumani, 1-tor Oltinko'l ko'chasida yashovchi 1987 y.t. M.K. karantinga olingan xonadonidan ko'chaga chiqib ketganligi aniqlanib, Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 54-moddasi bilan ma'muriy javobgarlikka tortilgan.
5 aprel kuni 16:50 da Sirdaryo viloyati, Sardoba tumani, “Xalqobod” mahallasi, Ibn-Sino ko'chasida yashovchi 1998 y.t. A.A., 14:30 da Boyovut tumani, “Beruniy” mahallasida yashovchi 1991 y.t. O.B. ruxsatnomasiz o'z transportlarida bemaqsad yurganliklari aniqlanib, Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 54-moddasi bo'yicha javobgarlikka tortilib, avtomashinalari jarima maydonchasiga joylashtirilgan.
4 aprel kuni Buxoro viloyati, Jondor tumani, “Qalmoq” mahallasi, Xumin qishlog'ida yashovchi 1994 y.t. S.R. profilaktika inspektori tomonidan bir necha marotaba ogohlantirilishiga qaramasdan o'ziga tegishli go'sht do'konida sanitariya va gigiena koidalarini buzganligi aniqlanib, Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 54-moddasi bilan ma'muriy javobgarlikka tortilgan.
Ta'kidlab o'tamiz, har birimiz zimmamizdagi vazifalarga yanada mas'uliyat bilan yondoshib, sanitariya-gigiena talablariga qat'iy rioya qilishimiz, eng bebaho ne'mat bo'lgan sihat-salomatlikni asrash va himoya qilish uchun barcha zarur choralarni amalga oshirishimiz shart.
J.y. 6 aprel soat 09:00 holatiga