O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Rahmat MAMATOV: “Yuksak gʻamxoʻrlikni qadrlash zarur”

2020-04-05 | Jamiyat

Hozirda butun dunyoda boʻlgani kabi yurtimiz aholisi ham ogʻir va sinovli kunlarni boshidan oʻtkazmoqda. Bu esa barchamizdan yana-da jips va hamjihat, birmusht boʻlishni, yuzaga kelayotgan muammolarni yakdillik bilan hal etishni taqozo etadi.

Muhtaram yurtboshimiz 3-aprel kuni koronavirus pandemiyasi keltirib chiqargan inqirozga qarshi kurashish sharoitida tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash masalalari boʻyicha oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida xalqimizga uchinchi bor murojaat qilib mazkur fikrlarni bot-bot takrorladi.

Haqiqatdan ham davlatimiz tomonidan koronavirus epidemiyasining tarqalishining oldini olish, yuzaga kelgan murakkab iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni imkon qadar yengillatish, aholi sogʻligi va tibbiy xavfsizligini saqlash borasida mavjud imkoniyatlardan foydalanish borasida qator muhim islohotlar olib borilmoqda. Prezidentimiz topshirigʻi va qatʼity ga asosan tashkil etilayotgan mazkur tezkor choralar natijasida bugungi kunda epidemiya bilan bogʻliq vaziyat qattiq nazoratga olindi.

Dalatimiz rahbari bu boradagi oʻz fikrlarini bildirar ekan, vaziyatga doir xatar, afsuski, hamon saqlanib turganligini, buning natijasida yurtimizda koronavirus kasalligiga chalinganlar soni ortib borayotganligini, hatto koʻrsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan, bemorlardan 2 nafari vafot etganligini chuqur qaygʻu bilan taʼkidladi hamda marhum yurtdoshlarimiz oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur taʼziya izhor qildi.

Bugun dunyodagi barcha davlatlar bu kasallika qarshi kurashda oʻz milliy xaraterini koʻrsatayotgani, davolash va tibbiy profilaktika ishlarini tashkil etishda turli yondashuvlarni ishlab chiqayotganini barchamiz kuzatib turibmiz. Shuningdek, koʻplab davlatlarning yuqori gigiyenaga asoslangan kundalik turmush tarziga oʻtishi barobarida milliy urf-odatlariga katta eʼtibor berayotgani bu kasallikni yengishda juda muhim omil boʻlmoqda.

Prezidentimiz bu borada aholisi zich, yaqin qoʻshni mamlakatlarlar bilan savdo aloqalari rivojlangan Yaponiya davlati misolida virusning keng tarqalishini oldini olish tajribasini alohida taʼkidlab oʻtdi. Mutaxassislar tomonidan “yapon fenomeni” deb atalayotgan oʻziga xos, ijtimoiy masofani saqlagan holda salomlashish odobi, yuz-qoʻlni yuvish, toʻgʻri ovqatlanish kabi bir qator oʻziga xos odatlar koʻpgina sharq xalqlari, xususan Oʻzbekiston aholisining ham kundalik turmush tarzida muhim ahamiyat kasb etadi.

Azaldan qoʻlini koʻksiga qoʻyib salomlashadigan, uyga kelgan mehmonni qoʻliga suv quyib eʼzozlaydigan xalqimiz bugun ana shu qadriyatlarini yana-da qadrlab, turmush tarziga keng olib kirmoqda. Shuningdek, har birimiz kundalik yumushlarimizni xavfsizlik va sanitariya qoidalariga toʻla amal qilgan holda davom ettirishimiz zarur. Sababi bugungi boy berilgan imkoniyat natijasida ertaga yoʻqotganlarimiz soni ortishi, buning oqibati esa xalqimiz turmush darajasiga taʼsir qilmay qolmaydi.

Shu sababli bugun ana shu muammolarning oldini olish, pandemiya taʼsirini toʻxtatish uchun butun dunyo xalqlari qatori biz ham jiddiy harakat qilishimiz, yaqin kelajagimiz uchun istiqbolli rejalarni tuzishimiz lozim.

Muhtaram Yurtboshimiz yigʻilish davomida mazkur jihatlarga ham alohida eʼtibor qaratgan holda, iqtisodiyotimizning muhim tomirlari boʻlgan tadbirkorlarimizni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash uchun yana bir muhim farmonga imzo chekkanligini maʼlum qildi. Unga koʻra, turistik va mehmonxona faoliyati bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlar, karantin davrida oʻz faoliyatini toʻxtatishga majbur boʻlgan yakka tartibdagi tadbirkorlarga qator soliq imtiyozlari joriy etiladi.

Aholi, ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj yurtdoshlarimizni yana-da qoʻllab-quvvatlash maqsadida yil yakuniga qadar un, oʻsimlik yogʻi, goʻsht va sut mahsulotlari, shakar, gigiyena vositalari kabi asosiy isteʼmol tovarlarini import qilishda bojxona boji va aksiz soligʻi undirilmaydi. Bu esa aholi ehtiyoji uchun oʻta zarur boʻlgan oziq-oaqat mahsulotlarining narxi keskin oshib ketishining oldini oladi.

Yana bir muhim xabar shuki, joriy yil mart-iyun oylarida muddati tugaydigan bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishlash nafaqasi va moddiy yordamlarni toʻlash uchun fuqarolarimizdan qoʻshimcha murojaat va hujjatlar talab etilmaydi. Yaʼni, 6 oylik muddati tugaydigan ijtimoiy nafaqalarning muddati avtomatik tarzda 1 yilgacha uzaytiriladi. Shuning borobarida bu davrda boshqa muhtoj oilalarga ham nafaqalar tayinlash amaliyoti davom etaveradi. Karantin davrida yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga 18 turdagi asosiy oziq-ovqat va gigiyena tovarlari bepul yetkazib beriladi. Shuningdek, karantin davrida uy sharoitida rivojlantirish mumkin boʻlgan hunarmandchilik faoliyat turi bilan shugʻullanuvchi hamyurtlarimiz tashabbus va gʻoyalari toʻla ragʻbatlantiriladi, ularga munosib shart-sharoitlar yaratib beriladi.

Davlatimiz rahbari mamlakatimiz aholisini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga doir mazkur tamoyillarga alohida toʻxtalib oʻtar ekan, koronavirus kasalligini yengishda eng muhimi xotirjamlikni saqlash, aholi oʻrtasida vahima va sarosima tarqalishiga aslo yoʻl qoʻymaslik lozimligini taʼkidlab oʻtdi.

Murojaat asnosida nuroniy otaxonlarimiz va munis onaxonlarimizdan oʻz sogʻligʻini asrash, shifokorlarning tavsiyalarini toʻla bajarish, eng muhimi, karantin davrida koʻchaga chiqmasdan nabiralar quchogʻida vaqt oʻtkazishlarini soʻrar ekan, ”koʻpga kelgan va jahon ahli aziyat chekayotgan bu qiyin kunlar, albatta, oʻtadi. Bizning buyuk va tanti xalqimiz koʻp asrlik tarixida ne-ne balo-qazolarni, urushlar va ocharchiliklarni mardonavor yengib oʻtgan. Bu sinovdan ham munosib oʻtib olishimizga qatʼiy ishonaman” deya barchani yana bir bor hamjihatlikka, birdamlikka chaqirdi.

Muhtaram Prezidentimiz tomonidan bildirilgan bu dalda va qatʼiy fikrlar har bir vatandoshimizga katta kuch va madad bagʻishlash bilan birga, hayotga, yashashga boʻlgan ishtiyoqimizni, ertangi kunga boʻlgan ishonchimizni yana-da oshiradi.

Videoselektor yigʻilishida muhtaram Prezidentimiz tomonidan Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi oldiga oʻta muhim topshiriqlar belgilab berildi.

Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazlarini barcha hududlarda samarali faoliyatini yoʻlga qoʻyish boʻyicha topshiriq berildi. Biz bu faoliyatni barcha bizning oldimizga juda katta masʼuliyat yuklaydi. Oʻzekspomarkazda tashkil etilgan Toshkent shahar markazi 1-aprel kuni tashkil etilib, 2-aprel kunidan boshlab aholiga xayriya yordamlari koʻrsatishni boshladi.

Bugun mamlakat sinovli kunlarni boshidan oʻtkazmoqda. Bagʻrikeng, saxovatpesha, oʻzgalar ogʻirini yengil qilishni oʻzining insoniy burchi deb biladigan xalqimiz tomonidan ehtiyojmand, kam taʼminlangan oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari va dori-darmon vositalari bilan yordam koʻrsatilmoqda.

Bugunga qadar poytaxtimizdagi 3436 ta ana shu toifadagi oilaga zarur oziq-ovqat mahsulotlari yetkazildi. Jumladan, Bektemir tumanidagi 202 ta, Mirobod tumanida 242 ta, Olmazor tumanida 341 ta, Sergeli tumanida 360 ta, Uchtepa tumanida 266 ta, Shayxontohur tumanida 317 ta, Chilonzor tumanida 279 ta, M.Ulugʻbek tumanida 389 ta Yunusobod tumanida 477 ta, Yashnobod tumanida 229 ta, Yakkasaroy tumanida 334 ta ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam taʼminlangan oilalar mazkur mahsulotlar bilan taʼminlandi.

Andijon, Fargʻona, Jizzax, Toshkent, Navoiy, Buxoro, Sirdaryo Qashqadaryo, Samarqand, Namangan, Surhondaryo viloyatlarining har biriga 10 tonna kartoshka, 5 tonna guruch, 5 tonna makaron, 5 tonna un, 5 000 litr oʻsimlik yogʻi, 5 tonna shakar yuborildi.

Xorazm viloyatlari va Qoraqalpogʻiston Respublikasi har biriga 140 tonna kartoshka, 5 tonna un, 5 tonna makaron, 6 700 litr oʻsimlik yogʻi, 5 tonna shakar yuborildi.

Joriy yilning 3-aprel kuni hududlarga jami: 90 tonna kartoshka, 55 tonna guruch, 65 tonna makaron, 65 tonna un, 68 400 litr oʻsimlik yogʻi, 65 tonna shakar yuborildi.

Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazlariga davlat taʼminoti va homiylar hisobidan mahsulotlar yetkazib berilmoqda. Quvonarlisi, bu kabi homiylik xayriyalarini koʻrsatish istagini bildirayotgan vatandoshlarimiz soni kun sayin ortib bormoqda. Biz xalqimizga yordam qoʻlini uzatayotgan saxovatpesha tashkilot rahbarlari hamda insonlarga Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazi va keng jamoatchiligimiz nomidan chuqur minnatdorlik bildiramiz.

Aminmanki, ushbu sinovli kunlar vaqtinchalik. Biz bu kunlardan xalqimizni eson-omon, toʻrt koʻz tugal olib chiqishda muhtaram Prezidentimizning yonlarida turib, bor kuch va imkoniyatlarimizni sarflab ishlaymiz. Va, albatta, yorugʻ kunlar koʻp kuttirmaydi.

Поделиться