O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
RASMIY BAYONOT: bir kunda dunyo miqyosida 84 ming kishi koronavirus yuqtirib olgan
2020-04-04 | Sog‘liqni saqlash
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshligʻi, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov:
– Mamlakatimizda koronavirus qayd etilgan bemorlarning umumiy soni 241 nafarni tashkil etmoqda. Virusologiya ilmiy-tekshirish institutida davolanayotgan 83 bemorning 19 nafarida pnevmoniya klinik belgilari kuzatilyapti, 4 nafarining ahvoli ogʻir, 1 nafarining esa ahvoli nisbatan ogʻirroq, deb baholanmoqda. Epidemiologiya-mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish instituti klinikasida 19 bemor davolanyapti. Ulardan 1 nafarining ahvoli oʻta ogʻir. Ahvoli ogʻir deb baholangan bemorlar intensiv-terapiya muolajalariga oʻtkazilgan.
Xalqimiz tibbiyot xodimlarini qoʻllab turibdi. Bu ularga kuch beryapti. Oʻylaymizki, ushbu tadbirlar oʻz samarasini beradi.
Dunyodagi epidemik vaziyat bilan bogʻliq statistik maʼlumotlarga koʻra, bir kunda dunyo miqyosida 84 ming kishi koronavirus yuqtirib olgan. Shunday ekan, karantin tadbirlariga, tibbiyot xodimlari tavsiyalariga toʻliq rioya qiladigan boʻlsak vaziyat chigallashishining oldini olamiz va yaqin kunlarda ijobiy koʻrsatkichlar bilan xalqimizni quvontiramiz, degan umiddamiz.