O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Ichki ishlar vazirligining axboroti

2020-04-04 | Jamiyat

(j.y. 4 aprel soat 09:00 holatiga)

Karantin tadbirlari e'lon qilingan vaqtdan bugungi kunga qadar respublikamiz bo'yicha karantin qoidalariga amal qilmaslik bilan bog'liq jami – 25 057 ta holat aniqlangan. Ular:

- Toshkent shahrida – 4 241 ta holat; 

- Farg'ona viloyatida – 3 019 ta holat;

- Toshkent viloyatida – 2 641 ta holat;

- Samarqand viloyatida – 2 449 ta holat;

- Qashqadaryo viloyatida – 1 977 ta holat;

- Namangan viloyatida – 1 727 ta holat;

- Jizzax viloyatida – 1 503 ta holat;

- Andijon viloyatida – 1 451 ta holat;

- Sirdaryo viloyatida – 1 399 ta holat;

- Surxondaryo viloyatida – 1 330 ta holat;

- Buxoro viloyatida – 1 121 ta holat; 

- Xorazm viloyatida – 1 040 ta holat;

- Qoraqalpog'iston Respublikasida - 867 ta holat;

- Navoiy viloyatida – 292 ta holatni tashkil etmoqda.

Karantin qoidalari va saniyatariya cheklovlariga rioya qilish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilishiga qaramasdan, hamon qoidabuzarlik holatlari kuzatilmoqda. 

Misol uchun, 3 aprel` kuni Toshkent shahar, M.Ulug'bek tumani, “Feruza” mavzesida yashovchi 1974 y.t. D.X. jamoat joyida tibbiy niqobsiz yurganligi aniqlanib, Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 54-moddasi bilan ma'muriy javobgarlikka tortilgan.

Shu kuni, soat 12:25da Sirdaryo viloyati, Sardoba tumani, “Qo'rg'ontepa” mahallasi, Forish ko'chasida yashovchi 1984 y.t. Sh.X. karantin vaqtida, maxsus ruxsatnomasiz “VAZ-2109” avtomobilida fuqarolarni tashib, epidemiyaga qarshi kurashish koidasini buzganligi aniqlanib, Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 54-moddasiga asosan ma'muriy javobgarlikka tortilgan.

3 aprel` kuni, Jizzax viloyati, Arnasoy tumani, “Cho'lquvar” qishlog'i, Q.Eshnazarov ko'chasida yashovchi 1967 y.t. X.Q. o'zining o'g'li M.Q. 28 mart kuni harbiy xizmatni o'tab qaytganligi munosabati bilan o'zining uyida o'g'lining 24 nafar sinfdoshlarini yig'ib marosim o'tkazayotganligi aniqlanib, Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 54-moddasiga asosan javobgarlikka tortilgan.

3 aprel` kuni, Samarkand shahar, Boxodirxon kuchasida yashovchi 1970 y.t. I.B. “Samarkandiy” mahallasida maxsus ruxsatnomasiz bemaqsad avtomashina boshqarib yurganligi aniqlanib, Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 54-moddasiga asosan javobgarlikka tortilgan.

3 aprel` kuni, Buxoro viloyati, Jondor tumani, “Po'loti” mahallasi, Rabotio'g'lon qishlog'ida yashovchi 1990 y.t. J.J. Jondor tumani, Qorovul qishlog'ida go'sht do'konida sanitariya qoidalarini buzib savdo qilayotganligi aniqlanib, Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 53-moddasiga asosan javobgarlikka tortilgan.

Ta'kidlab o'tamiz, har birimiz zimmamizdagi vazifalarga yanada mas'uliyat bilan yondoshib, sanitariya-gigiena talablariga qat'iy rioya qilishimiz, eng bebaho ne'mat bo'lgan sihat-salomatlikni asrash va himoya qilish uchun barcha zarur choralarni amalga oshirishimiz shart.

Поделиться