O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

RASMIY BAYONOT: Bemorlarning 17 tasida pnevmoniya belgilari, 4 tasining ahvoli ogʻir, 2 nafari esa ahvoli nisbatan ogʻirroq

2020-04-03 | Jamiyat

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshligʻi, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov:

– Mamlakatimizda 3-aprel soat 9:00 holatida koronavirus kasalligi bilan roʻyxatga olingan bemorlar soni 221 nafarni tashkil etdi. Hozirgina Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti rahbariyati bilan boʻlgan suhbatda aniqlandiki, bemorlarning 17 nafarida pnevmoniya belgilari kuzatilyapti, 4 nafarining ahvoli ogʻir, 2 nafarining esa ahvoli nisbatan ogʻirroq, deb baholanmoqda.

Hurmatli yurtdoshlar!

Vaziyat murakkablashib borayotganini hali toʻliq anglab yetmadik, chamasi. Hanuzgacha karantin tadbirlariga rioya qilmaslik, mantiqsiz, maqsadsiz koʻchalarni kezib yurish, tibbiyot xodimlarining tavsiyalariga amal qilmaslik holatlari uchrab turibdi. Ahamiyat bersangiz, hozirgi kunda ommaviy axborot vositalarining barchasi faqat koronavirusga oid koʻrsatatuvlar, lavhalar, roliklar beryapti. Nafaqat, tibbiyot xodimlari, balki boshqa barcha soha xodimlari koronavirus kasalligi profilaktikasi boʻyicha nima ish qilishimiz kerakligi haqida qayta-qayta gapiryapti. Nazarimda, bu kabi targʻibotdan keyin kasallikning klinik belgilari, undan himoyalanish usullari yod boʻlib ketishi kerak edi. Ming afsuski, hanuzgacha kasallik klinik belgilari kuzatilsada, bunga beparvolik bilan qarab, tibbiyot xodimlariga murojaat qilmasdan, uzoq muddat uyda qolib ketib, ahvoli ogʻirlashgandan keyin shifoxonaga murojaat qilayotganlar bor. Kuni kecha epidemiologiya-mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish institutiga X. ismli bemor olib kelingan. U olib kelinishi bilan darhol sunʼiy nafas olish apparatiga ulashga ehtiyoj tugʻildi. Ahvoli oʻta ogʻir, deb baholandi.

Shu oʻrinda savol tugʻiladi: shu paytgacha, kasallik klinik belgilari paydo boʻlganda tibbiyot xodimiga murojaat qilmasdan, tavakkal qilishga, eʼtiborsiz boʻlishga ushbu bemorni nima majbur qildi? U oʻz atrofidagilarni, yaqinlarini, oila aʼzolarini, qoʻyingki keng jamoatchilikni xavf ostiga qoʻydi. Mana shunday yoʻl tutish xiyonat ekanligini u anglab yetmadimi? Haliyam kech emas. Koʻzimizni ochaylik, tibbiyot, ichki ishlar, milliy gvardiya, ommaviy axborot vositalari vakillari tavsiyalariga amal qilaylik!

Mamlakatimizda kasallik dastlab 15-mart kuni qayd etilgan boʻlsa, mana 17 kunda kasallanganlar soni 221 nafarni tashkil etdi. Vaziyat jiddiy ekani har birimizni sergak torttirishi kerak. Tavakkal qilishga, oʻz salomatligimizni xavf ostiga qoʻyishga haqqimiz yoʻq. Boshqalarni xavfga qoʻyish, boshqalarga kasallik yuqish ehtimolini yuzaga keltirish va respublikada vaziyat chigallashib ketishiga olib kelishga hech kimning haqqi yoʻq. Buni har kim yodida tutishi kerak. Iltimos, ushbu fikrlarni oila aʼzolarinigizga, yaqinlaringizga imkon qadar yetkazing. Vaziyat murakkablashib ketgach, bu ishlarni qilishimizga ancha kech boʻladi.

Kuzatuvlardan maʼlum boʻlyaptiki, bir odamdan 400 dan ortiq odamga kasallik yuqishi mumkin ekan. Tasavvur qiling: mana shu 221 bemor vaqtida alohidalanmaganda, odamlar orasida qolganida qanday vaziyat yuzaga kelishi mumkin edi. Ehtiyot boʻling, ongli ravishda yoʻl tuting!

Поделиться