O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Insonparvarlik yuki ortilgan poyezd Qirgʻizistonning Oʻsh shahriga yoʻl oldi

2020-04-01 | Jamiyat

Prezidentimiz tashabbusi bilan qoʻshni Qirgʻiziston Respublikasiga koronavirus “COVID-19” kasalligini bartaraf etishga koʻmaklashish maqsadida insonparvarlik yordami yuborildi.

Keyingi yillarda mamlakatlarimiz oʻrtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, bank-moliya, fan-texnika, sanoat, qishloq va suv xoʻjaligi, turizm va boshqa sohalardagi hamkorlik rivojlanib bormoqda.
 
Ikki mamlakat Prezidentlarining qatʼiy irodasi va azmu shifoati tufayli oʻzaro savdo-iqtisodiy hamkorlik sezilarli oʻsmoqda. Mazkur insonparvarlik yordami ham azaliy doʻstlikning amaldagi ifodasidir.

“Oʻzbekiston xalqidan Qirgʻiziston xalqiga insonparvarlik yordami” shiori ostida tashkil etilgan insonparvarlik yordami Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Andijon viloyati hokimligi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi tasarrufidagi “Qoʻrgʻontepa don mahsulotlari” aksiyadorlik jamiyati hamda mamlakatimizdagi farmatsevtika korxonalari hamkorligida amalga oshirildi.

Andijon viloyati Qoʻrgʻontepa tumanidagi temiryoʻl stansiyasidan ming tonna un, turli oziq-ovqat mahsulotlari, shuningdek, koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olishda foydalaniladigan bir martalik bosh kiyimli himoya kombinzoni, respirator, qoʻlqop, himoya koʻzoynagi, pirometr hamda test-sistemalar ortilgan poyezd qoʻshni respublikaga joʻnatildi.

– Ayni kunda koronavirus pandemiyasi dunyoning barcha xalqlarini jiddiy tashvishga solmoqda, – deydi “Qoʻrgʻontepa don mahsulotlari” korxonasi rahbari Shodilbek Mamajalilov. – Pandemiya koʻplab davlatlar iqtisodiyotini izdan chiqarib yubordi. Ana shunday paytda bir birini qoʻllab-quvvatlash muhim ahamiyat kasb etadi. Prezidentimiz tashabbusi bilan yuborilayotgan insonparvarlik yordami ham asrlar davomida xalqimiz bilan hamjihat boʻlib yashab kelayotgan qardosh, qoʻshni qirgʻiz xalqiga ogʻir bir sharoitda, qolaversa, koronavirus infeksiyasini bartaraf etishda katta yordam boʻladi.

Insonparvarlik yordami ortilgan maxsus eshelon Qirgʻizistonning Oʻsh shahriga yoʻl oldi.
 

 

 
Faxriddin UBAYDULLAYEV, Zuhriddin UMURZOQOV (surat), OʻzA

Поделиться