O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Uztelecom milliy operatoridan karantin vaqtida yangi aksiya!
2020-04-01 | Texnologiyalar
Bugun jahon hamjamiyati uchun jiddiy muammoga aylangan koronavirus (COVID-19) pandemiyasiga qarshi mamlakatimizda qat’iy chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.
Respublikamiz aholisini ushbu xavfdan himoya qilish, uni iqtisodiyot tarmoqlariga bo‘ladigan salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va tizimdagi korxonalar tomonidan ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, Uztelecom milliy operatori yurtimiz aholisi uchun qulayliklar yaratish maqsadida, GSM standarti tarmog‘i abonentlari uchun 2020 yil 1 apreldan oddiy 10 tarif rejasiga bepul ulanishni taklif qilgan holda, maxsus “bahoriy taklif” aksiyasini taqdim etdi.
Endilikda ODDIY 10 tarifiga 2020 yilning 1 aprelidan 30 iyuniga qadar ulanganda, Sizdan 10 000 so‘m miqdoridagi ulanish to‘lovi talab etilmaydi. Uztelecom milliy operatorining oddiy va foydali tarifiga ulanish o‘z yaqinlaringiz bilan doimo muloqotda bo‘lishni kafolatlaydi
Aksiya O‘zbekiston Respublikasida amal qiladi.