O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Ichki ishlar vazirligining axboroti
2020-03-30 | Jamiyat
Karantin tadbirlari e'lon qilingan vaqtdan bugungi kunga qadar respublikamiz bo'yicha karantin qoidalariga amal qilmaslik bilan bog'liq jami – 12 484 ta holat aniqlangan.
Ular:
- Toshkent shahrida – 2 150 ta holat;
- Toshkent viloyatida – 1 001 ta holat;
- Jizzax viloyatida – 1 117 ta holat;
- Buxoro viloyatida – 624 ta holat;
- Samarqand viloyatida – 1 330 ta holat;
- Qashqadaryo viloyatida – 657 ta holat;
- Surxondaryo viloyatida – 826 ta holat;
- Xorazm viloyatida – 239 ta holat;
- Sirdaryo viloyatida – 456 ta holat;
- Farg'ona viloyatida – 1 681 ta holat;
- Navoiy viloyatida – 221 ta holat;
- Namangan viloyatida – 979 ta holat;
- Andijon viloyatida – 717 ta holat;
- Qoraqalpog'iston Respublikasida 486 ta holatni tashkil etmoqda.
Karantin qoidalari va saniyatariya cheklovlariga rioya qilish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilishiga qaramasdan, hamon qoidabuzarlik holatlari kuzatilmoqda.
Misol uchun, joriy yilning 29 mart kuni Toshkent viloyati, YAngiyo'l tumani, “eski Qovunchi” qishlog'ida yashovchi 1991 y.t. S.M. jamoat joyida tibbiy niqobsiz yurganligi aniqlanib, O'zbekiston Respublikasi MJtKning 54-1-moddasiga ko'ra ma'muriy javobgarlikka tortildi.
28 mart kuni soat 15:30 larda, Toshkent shahar, YUnusobod tumanida yashovchi 1965 y.t. A.SH. 27 mart kuni hudud profilaktika inspektori va mahalla raisi tomonidan ogoxlantirilgan bo'lishiga qaramasdan, 1998 y.t. yashovchi K.SH.ni nikox to'yi munosabati bilan, 1997 y.t. kuyovi A.A.va uning o'rtoqlari ishtirokida «Kuyov navkar» to'y marosimini o'tkazganligi aniqlanib, O'zbekiston Respublikasi JKning 257-1-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
28 mart kuni soat 14:50 larda Sirdaryo viloyati, Sardoba tumani, “Zomin” mahallasida joylashgan oziq-ovqat do'konida 1992 y.t. D.A. sotuvchi bo'la turib, karantin qoidalarini buzib, kirish-chiqish joylarini qo'l yuvish yoki antiseptik vositalar bilan jihozlamaganligi, himoya qo'lqoplarda bo'lmay, tozalikka rioya qilmaganligi aniqlanib, O'zbekiston Respublikasi MJtKning 54-moddasiga ko'ra ma'muriy javobgarlikka tortildi.
28 mart kuni Namangan viloyati, Norin tumani, “Toshloq” mahallasida yashovchi 1984 y.t. J.M. karantinga olingan bo'lsada, karantin joyini o'zboshimchalik bilan tashlab ketganligi aniqlanib, O'zbekiston Respublikasi MJtKning 54-moddasiga ko'ra ma'muriy javobgarlikka tortildi.
Ta'kidlab o'tamiz, har birimiz zimmamizdagi vazifalarga yanada mas'uliyat bilan yondoshib, sanitariya-gigiena talablariga qat'iy rioya qilishimiz, eng bebaho ne'mat bo'lgan sihat-salomatlikni asrash va himoya qilish uchun barcha zarur choralarni amalga oshirishimiz shart.
30 mart soat 09:00 holatiga