O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Senatning uchinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi

2020-03-24 | Siyosat

Bugun, 24-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining uchinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi.

Xabar berilganidek, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash va koronavirus infektsiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida, shuningdek  Toshkent shahriga kirish va chiqish 2020-yilning 24-mart kunidan boshlab to‘xtatilganligi munosabati bilan yalpi majlis videokonferentsaloqa shaklida o‘tkazilmoqda.

Senatorlar tomonidan yalpi majlis kun tartibiga kiritilgan qator masalalar ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan. Jumladan, “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi, “Fuqarolarning shaxsiy huquq va erkinliklarini muhofaza qilishga qaratilgan qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi,  “O‘zbek tili bayrami kunini belgilash to‘g‘risida”gi, “III va IV darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordenini ta’sis etish to‘g‘risida”gi, “Sog‘lom avlod uchun” medalini ta’sis etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari parlament yuqori palatasi a’zolari tomonidan muhokama qilinadi.

Shuningdek, Senat a’zolari Xorazm viloyati tarkibida Tuproqqal’a tumanini tashkil etish hamda Hazorasp tumani chegarasini o‘zgartirish to‘g‘risidagi masalani ham ko‘rib chiqadi. 

Поделиться