O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekistonning Fransiyadagi Elchixonasi huzuridagi operativ shtab faoliyati to‘g‘risida
2020-03-24 | Jamiyat
O‘zbekistonning Fransiyadagi Elchixonasi diplomatik vakolatxona konsullik okrugida (Fransiya, Monako, Andorra) bo‘lib turgan fuqarolarimiz e’tiborini rasmiy veb-saytining bosh sahifasida “Koronavirus” rukni ochilganligiga qaratadi. Bu yerda ular mamlakatimiz Hukumati tomonidan aholining sanitar-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar haqida ma’lumot olishlari mumkin.
Shu bilan birga vatandoshlarimiz elektron pochta manziliga (covid2019@ouzbekistan.fr) ham ariza va murojaatlarini yo‘llashlari mumkin. Ular maxsus elektron ma’lumotlar bazasiga kiritiladi.
Elchixona dolzarb ma’lumotlarni o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi (“Facebook”, “YouTube” va boshqalar) sahifalarida ham joylashtirmoqda.
Diplomatik vakolatxona huzuridagi Operativ shtabning telefon raqamlari 24 soatlik rejimda ishlab turganini eslatib o‘tamiz:
Behzod Paygamov, Iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchi, tel.: +33 1 53 30 03 51;
Furqat Kadirov, Siyosiy masalalar bo‘yicha maslahatchi, tel.: +33 1 87 86 64 91;
Muhiddin Xashimov, birinchi kotib, tel.: +33 1 87 86 64 92;
Hamidjon Hoshimov, konsul, tel.: +33 1 53 30 03 55;
Jamshid Saidazimov, birinchi kotib, tel.: +33 1 53 30 03 64;
Mo‘min To‘rayev, ikkinchi kotib, tel.: +33 1 53 30 03 56;
Shavkat Toshev, uchinchi kotib, tel.: +33 1 53 30 03 54;
Sardor Salimov, attashe, tel.: +33 1 87 86 64 90;
Otabek Ungbayev, “Uzbekistan Airways” AJning Parij shahridagi vakili, tel.: + 33 1 45 22 45 50; elektron pochta: partohy@hotmail.com
Elektron pochta: сovid2019@ouzbekistan.fr
O‘zbekiston Respublikasi TIV
Jamoatchilik va OAV
bilan aloqalar boshqarmasi