O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Jamshid Egamberdiyev vazir o'rinbosari etib tayinlandi
2020-03-20 | Texnologiyalar
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-martdagi qaroriga muvofiq, Egamberdiyev Jamshid Sharifjonovich Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Shu munosabat bilan, bugun vazirlikda tayinlov bo‘lib o‘tdi.
J.Egamberdiyev shu vaqtga qadar Aksiyadorlik tijorat “Aloqabank” boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelgan.
Shu bilan birga, J.Egamberdiyev faoliyati davomida “O‘zbekiston pochtasi” aksiyadorlik jamiyati Moliya bo‘yicha direktori lavozimlarida mehnat qilgan. Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “Biznesni boshqarish” mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olgan.
Egamberdiyev Jamshid Sharifjonovich 1982-yilda Namangan viloyatida tug‘ilgan.