O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Vitiligoni davolash usuli

2020-03-19 | Fan

Vitiligo (teri kasalligi) - terining ma'lum joylarida pigment melaninining yo'qolishi bilan ifodalangan pigmentatsiya buzilishi. Terida ba'zi dorivor va kimyoviy moddalarning, neyrotrofik, neyroendokrin va melanogenezning autoimmun omillari ta'sirida, shuningdek terida yallig'lanish va nekrotik jarayonlardan keyin paydo bo'luvchi kasallik. Vitiligoga moyillik irsiy kelib chiqish ehtimoliga ega.

Ixtiro tibbiyotga, xususan dermatologiyaga tegishli va vitiligo kasaliga chalingan bemorlarda fizioterapiya uchun ishlatilishi mumkin.

So'nggi paytlarda dunyoda aholi orasida, ayniqsa, bolalarda vitiligo kasalligining barqaror o'sishi kuzatilmoqda. Ushbu patologiyadan aziyat chekadiganlarning terisidagi kosmetik nuqson, kasallik multifaktorligi kasallikning kechishini kuchaytirib, yangi zararlanish o'choqlari paydo bo'lishi, vitiliginoz jarayonining yanada keng tarqalishi orqali bemorlarning hayot sifatini pasaytiradi.

Vitiligo o'choqlarining rivojlanishiga yordam beradigan omillar juda ko’p bo’lib, jumladan, immunitet muvozanati, neyroendokrinopatiya, metabolik kasalliklar, tanadagi biokimyoviy ko'rsatkichlarning ba'zi qismlari buzilishi, shuningdek vitiligo kasallarida terida va tanadagi sochlarda mikro va makro elementlar tarkibinnig buzilishi kabi sabablarni ko’rsatish mumkin.

Vitiliginozli o’chog’ninig rivojlanishida melanin tarkibidagi miqdoriy o'zgarishlar, teri fosfolipidlarining sifat va miqdoriy tarkibi, molekulyar O2 va tirozinaza fermenti faolligining pasayishi fonida ba'zi elementlarning o’zgarishi bosh sabab bo’ladi. Melaninning to'planib ta’sir ko’rsatuvchi izdoshlari (fenolik birikmalar) melanotsitlarni yo'q qiladi.

Natijada terida prostaglandinlar, katexolaminlar, lizotsim, lizotsomal fermentlarni va boshqalarni chiqaradigan Langergans hujayralari bilan almashinish sodir bo’ladi.

Langergans hujayralarining yuqori faolligi – zararlanish o’chog’ida melanotsitlarning o'limiga olib keluvchi va atrofdagi teridan melanotsitlarning kirib kelishiga to'sqinlik qiluvchi salbiy omildir.

Vitiligo rivojlanishining patogenetik jihatlarini va ko'plab terapiya usullarini ishlab chiqishni o'rganishga qaramay, vitiligoni davolash muammosi haligacha dolzarb bo'lib qolmoqda. Vitiligo terapiyasi B, A, E vitaminli terapiya, fizioterapevtik muolajalar (UFO terapiyasi, PUVA terapiyasi) bilan birgalikda tizimli va mahalliy ta'sirga ega fotosensibilizatorlarni tayinlashga asoslangan terapevtik tadbirlarga kompleks yondashuv bilan tavsiflanadi.

Ixtiro oldiga qo’yilgan vazifa "Lipovitilin" preparati bilan birgalikda fizioterapevtik terapiya usulining samaradorligini oshirishdan iborat.

Vitiligoni davolash uchun psoralenning 0,1 foizli alkogolli eritmasi bilan fotokimoterapiyani kuniga bir marotaba o’tkazish, muolajadan 2 soat o'tgach suberitemik dozada UV nurlanish o’tkazish, shuningdek, diametri 6-7 sm dan katta bo'lgan kasallik kuzatilganda qo’shimcha tarzda kuniga 10-15-martadan "Lipovitilinli" elektroforez muolajasi qilinadi. Agar jarohat diametri 6-7 sm dan kichik bo’lsa, "Lipovitilin" ultratovush massaji kuniga 10-15 tadan 2-3 daqiqa davomida amalga oshiriladi.

Qiyosiy tahlil shuni ko'rsatadiki, vitiligo bilan og'rigan bemorlarda fizioterapevtik muolajaning tashqi usuli sifatida “Lipovitilin” (doka mato bilan 6-8 qatlamda namlash orqali) bilan diametri 7-8 sm dan kattaroq kasallik tarqalgan joylarga elektroforez bilan kunlik yo'riqnoma asosida 10-15 marta muolaja qilinishi yuqori samara ko’rsatdi.

Ixtiro uchun Oʼzbekiston Respublikasi Sogʼliqni saqlash vazirligi Respublika ixtisoslashtirilgan dermatologiya va venerologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga “Ixtirolаr, foydаli modellаr vа sаnoаt nаmunаlаri toʼgʼrisidа”gi O’zbekiston Respublikasining qonuniga ko’ra IAP 06131 raqamli patent berildi.

Поделиться