O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Eʼlon
2020-03-19 | Jamiyat
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Axborot texnologiyalari maxsus markaziga axborot texnologiyalari yoʻnalishidagi mutaxassislarni ishga taklif etamiz.
Ishga qabul qilish shartlari:
– Fuqarolarni ishga qabul qilish masalalari boʻyicha alohida yondashuv taʼminlanadi;
– Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga ega boʻlmagan shaxslarni ishga qabul qilish taqiqlanadi.
Qoidaga koʻra, 35 yoshgacha boʻlgan erkak jinsidagi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, axborot texnologiyalari yoʻnalishi boʻyicha oliy maʼlumotga ega, kompyuter texnologiyalari bilan ishlash, modellashtirish, dasturlash va boshqa dasturiy taʼminot turlari boʻyicha yuqori bilim va amaliy tajribaga ega boʻlgan, qisqa vaqt ichida egallagan lavozim vazifalarini oʻzlashtirishga, oʻz xizmat majburiyatlarini oʻrganishga hamda qoʻyilgan vazifalarni sifatli, vaqtida bajarishga qodir boʻlgan fuqarolar ishga olinadi.
Ishga qabul qilingan fuqarolar Mudofaa vazirligi rahbariyati ruxsati bilan belgilangan tartibda ofitserlik lavozimlariga haqiqiy harbiy xizmatga chaqirilishi va Oʻzbekiston Respublikasi harbiy xizmatchilariga tatbiq etiladigan huquq va imtiyozlarga ega boʻlishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi lavozimlariga ishga qabul qilishda avvalo, nomzodning ishchanlik va axloqiy fazilatlarini har tomonlama oʻrganish va ularni ishga olish masalasi vakolatli organlar bilan kelishuvdan soʻng amalga oshiriladi.
Murojaat uchun telefon: 71 269-80-80