O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Kundalik raqamli platformasi karantin davrida oʻquv jarayonini davom ettirishga yordam beradi

2020-03-19 | Texnologiyalar

Kundalik raqamli taʼlim platformasi Oʻzbekiston maktablarida masofaviy taʼlimni tashkil qilish uchun barcha zarur funksiyalarga ega. Bu oʻquvchilarga uyda oʻtirgan holda oʻquv jarayonini toʻxtatmaslik, fanlarni mustaqil ravishda oʻrganish va pedagog bilan masofadan turib muloqot qilish imkonini beradi.

Oʻzbekiston maktablarida bolalar va pedagoglar uchun taʼtil eʼlon qilinganiga qaramasdan, ayrim oʻqituvchilar ishlashda davom etmoqda. Kundalik tizimi karantin qancha davom etishidan qatʼiy nazar taʼlimni masofadan turib olib borishga yordam beradi.

- Pedagoglar Kundalik orqali uy vazifalarini va oʻquv materiallarini berishi, oʻquvchilar esa bajarilgan ishlarni tekshirishga yuborishlari mumkin. Yakun boʻyicha oʻqituvchilar elektron jurnalga baho qoʻyadi yoki javoblar ustida yana ishlash boʻyicha sharhlarini qoldiradi. Shuningdek, oʻzaro shaxsiy xabarlarni almashish, eʼlonlarni chop etish, guruhlarni yaratish funksiyalaridan ham foydalanish mumkin. Pedagoglarning ishini osonlashtirish va ota-onalarga karantinda taʼlim olishning oʻziga xos xususiyatlarini tezroq oʻzlashtirishga yordam berish uchun biz maxsus videoyoʻriqnomani tayyorlaymiz. Savollar yoki murakkabliklar yuzaga kelganida texnik koʻmak xizmatiga murojaat qilish mumkin, – deydi Kundalik kompaniyasining texnik koʻmak xizmati rahbari Hilola Izzatova.

Foydalanuvchilarni karantin boshlangani, masofadan turib taʼlim olish jarayonining davomiyligi haqida xabardor qilish, shuningdek boshqa tashkiliy maʼlumotlarni kiritish uchun “Yozuvlar” boʻlimidan foydalanish kerak. Uning yordamida butun taʼlim tashkiloti uchun ham, muayyan sinf oʻquvchilari uchun ham eʼlonlar yaratish mumkin. “Uy vazifalari” funksiyasi yordamida oʻqituvchi guruhli yoki individual topshiriqlarni berishi va ularning bajarilish jarayonini nazorat qilishi mumkin. Oʻquvchi va pedagogning barcha harakatlari tizimda saqlanib qoladi. Ota-onalar ham farzandlariga berilgan uy vazifalarini koʻrishlari mumkin boʻladi.

- Biz bunday ommaviy karantinga ilk bor duch kelyapmiz, shu bois bolalarni masofadan turib qanday samarali oʻqitish, ularning ishini baholash mumkinligini koʻpgina oʻqituvchilar yaxshi tushunolmayapti. Kundalik tizimida hammasi koʻzda tutilgan boʻlib, masofaviy taʼlim funksiyalari oddiy va tushunarli. Pedagoglarda nazariy qism boʻyicha taqdimotlarni hamda bilimlarni tekshirish uchun topshiriqlarni yuklash, ishni yaxshilash boʻyicha sharhlar qoldirish imkoniyati mavjud. Ushbu imkoniyatlar tufayli maktablardagi oʻquv jarayonini hatto karantin davrida ham davom ettirish mumkin, – deya qayd etadi Kundalik metodisti Gulnora Ismoilova.

Oʻquvchi bajarilgan vazifani Kundalik orqali tekshirishga yuborishi uchun oʻqituvchi vazifani yaratayotganda “Fayl natijasi bilan talab etiladi” degan bandni belgilashi zarur.

Karantin davrida taʼlim oluvchilar uchun materiallarni, xodimlar ixtiyoriga koʻra, sinf sahifasidagi yoki tashkilot profilidagi “Fayllar” boʻlimiga joylashtirish lozim. Yuklanadigan fayllarning umumiy hajmi 2 Gb dan oshmasligi kerak.

Поделиться