O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Toshkent shahridagi Inha Universiteti o’z xodimlarni masofadan turib ishlashga va shu qatorda talabalarga onlayn ta’lim berish platformasini sinovdan o’tkazmoqda

2020-03-19 | Ta’lim

Universitetning v.b rektori M. Djalalovning buyrug’i bilan universitet xodimlarining 70% masofadan turib ishlashga o’tkazildi va shu qatorda katta yoshdagi xodimlar pullik ta’tilga jo’natildi. Universitet rahbari ta‘kidlaganidek, bugungi kunda har bir inson uchun internet juda qulay sharoitlar yaratib berganini hisobga olgan holda universitetimiz hodimlarini masofadan turib ishlashlari barcha uchun qulay va xafsizdir.

Bundan tashqari, Universitet ma’muriyati bugungi kunda talabalarni onlayn o’qitish platformasini sinovdan o’tkazmoqda. 16-martdan barcha o’quv muassasalarida karantin e’lon qilinganligi sababli barcha talabalar o’z tuman va viloyatlariga jo’nab ketishdi.

12-aprelga mo’ljallangan birinchi imtihon, belgilangan holatlar tufayli kirish imtihonlari 25-aprel («kompyuter va dasturiy injiniring» fakulteti uchun) va 26-aprel («logistika»fakulteti uchun) ga o’tkazildi. Onlayn ro’yxatdan o’tish 10-aprelgacha uzaytirildi.

Поделиться