O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Har bir hududda "Ishga marhamat" Monomarkazlari tashkil etiladi

2020-03-19 | Jamiyat

regulation.gov.uz normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kambag‘al va ishsiz aholini tadbirkorlikka jalb qilish, ularning mehnat faolligini oshirish va kasb-hunarga o‘qitishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Hujjatga asosan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahri, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida joylashgan “Ishga marhamat” monomarkazlari hamda ishsiz va band bo‘lmagan aholini kasb-hunarga o‘qitish markazlarini tashkil etish ko‘zda tutilgan.

Shuningdek Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi ikki oy muddatda ishsiz va kambag‘al aholini “mahalla aholisini kasb-hunarga o‘qitish maskanlari - kasb-hunarga o‘qitish markazlari - “Ishga marhamat” monomarkazlari” mexanizmi asosida o‘qitish tartibini ishlab chiqishi va tasdiqlashi belgilangan.

Bundan tashqari, Prezident qarori loyihasida Toshkent shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi “Ishga marhamat” monomarkazlarida 2020-2021-yillarda ish qidiruvchi shaxslar, xorijga mehnat migratsiyasiga ketmoqchi bo‘lgan fuqarolar, nodavlat o‘quv markazlari bitiruvchilari va boshqa aholi toifalari uchun WorldSkills standartlari asosida Ishchi kasblar bo‘yicha kasbiy malakani baholash markazlarini tashkil etish;

2020-yil davomida “Ishga marhamat” monomarkazlari, ishsiz va band bo‘lmagan aholini kasb-hunarga o‘qitish markazlari, qisqa muddatli kasb-hunarga o‘qitish kurslari, mahalla aholisini kasb-hunarga o‘qitish maskanlari va boshqa nodavlat ta’lim muassasalari o‘qituvchi va ishlab chiqarish ta’lim ustalarini xalqaro standartlar asosida malakasini oshirish maqsadida xalqaro ekspertlar yordamida nodavlat ta’lim muassasasi shaklidagi “Worldskills Akademiyasi”ni tashkil etish;

2020-yil 1-sentabrdan boshlab “Ishga marhamat” monomarkazlari bitiruvchilarining kasbiy malakasini Worldskills standartlari asosida baholash, shuningdek, baholashdan muvaffaqiyatli o‘tgan bitiruvchilarga mamlakatda va Rossiya Federatsiyasi hududida tan olinadigan Skills pasporti berilishini yo‘lga qo‘yadi va kasbiy malakasi tasdiqlangan bitiruvchilarning Yagona reyestrini shakllantirish ko‘zda tutilgan.

Qaror loyihasida Vazirlik Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda har yili 1-aprelga qadar har bir hududda kamida bittadan “Eng yaxshi kasbga tayyorlash dasturi” bo‘yicha nodavlat tashkilotlari o‘rtasida tanlov o‘tkazish tashabbusi ilgari surilgan.

Поделиться