O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
DSQ Telegram boti - xalq xizmatida
2020-03-19 | Texnologiyalar
“Ishonch telefoni” va Call-markaziga qo‘shimcha ravishda endi Davlat soliq xizmati bilan Telegram ijtimoiy tarmog‘ida @uzsoliq_bot orqali bog‘lanish mumkin.
Ushbu vosita juda ko‘p imkoniyatlarga ega. Bot orqali har kim o‘z huquqlari buzilganligi to‘g‘risida xabar berishi, STIR raqamini aniqlashi, ro‘yxatdan o‘tish uchun ariza berishi va boshqa elektron soliq xizmatlaridan foydalanishi mumkin.
Davlat soliq xizmati organlari @uzsoliq_bot orqali narxlarning sun’iy ravishda ko‘tarilishi, mahsulotlarning noqonuniy ishlab chiqarilishi yoki savdosi, tovarlarni hujjatsiz sotilishi, soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash va boshqa sohaga oid shikoyat va murojaatlarni qabul qiladi.
Agar Siz karantin davrida tovarlar narxlarining asossiz oshirilganiga duch kelsangiz, @uzsoliq_botdan foydalangan holda Davlat soliq qo‘mitasiga murojaat qiling.