O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Bir kunda 144 savdo huquqbuzarligi qayd etildi
2020-03-19 | Iqtisodiyot
Ma’lumki, joriy yil 15-mart kuni mamlakatimizda Koronavirus pandemiyasi qayd etilishi sababli karantin e’lon qilindi. Ayni vaziyatda xalq orasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan sarosima natijasida oziq-ovqat va tibbiy mahsulotlar narxlarining asossiz oshirilishiga qarshi kurashishni davlat soliq organlari hamda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti zimmasiga oldi.
Vaziyatni nazorat qilish maqsadida, davlat soliq xizmati organlari tomonidan iste’mol tovarlari narxlarining oshirilishi bo‘yicha fuqarolardan tushgan murojaatlarning aksariyati joyida profilaktika tadbirlari o‘tkazish orqali bartaraf etilishi ta’minlab borilmoqda.
Shunga qaramay, noqonuniy savdo faoliyai bilan shug‘ullanishni davom ettirayotgan shaxslarga nisbatan nazorat tadbirlari o‘tkazilib, qonuniy choralar ko‘rilishi ta’minlanmoqda.
Xususan, 2020-yil 17-mart kuni respublika bo‘yicha jami 158 ta nazorat tadbirlari o‘tkazilib, chora ko‘rish bo‘yicha hujjatlar rasmiylashtirildi va huquqbuzarlardan 529,2 mln.so‘mlik tovar-moddiy boyliklar belgilangan tartibda olib qo‘yildi.
Jumladan:
- 17 holatda 290,8 mln. so‘mlik tibbiy niqoblar;
- 54 holatda 87,2 mln. so‘mlik kartoshka;
- 12 holatda 7,9 mln.so‘mlik piyoz;
- 21 holatda 11,7 mln.so‘mlik o‘simlik yog‘i;
- 40 holatda 116,6 mln.so‘mlik boshqa turdagi tovarlar olindi.