O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Rasmiy bayonot: koronavirus aniqlangan bemorlar aholi orasida boʻlmagan

2020-03-19 | Sog‘liqni saqlash

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi RASMIY BAYONOT: koronavirus aniqlangan bemorlar aholi orasida boʻlmagan.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshligʻi, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov:

– 2020-yil 19-mart ertalab 9:00 holatiga koʻra, koronavirus bilan roʻyxatga olinganlar soni Oʻzbekiston Respublikasida 23 nafarga yetdi. Albatta bu raqam kechagiga nisbatan bir muncha farq qilgani uchun odamlarni oʻylantirishi mumkin. Lekin bir jihatni aytib oʻtish kerak: bu fuqarolar Fransiya, London, Dubay va Turkiyadan kelgan bemorlarimiz atrofidagilarni tekshirish natijasida aniqlangan. Ularning barchasi dastlabki kunlardan boshlab alohidalangan va tibbiy kuzatuv ostiga olingan. Shuning uchun bu keng aholi qatlamiga tarqalgan degan xavotirga asos yoʻq. Bu doim epidemiyaga qarshi tadbirlar qatorida amalga oshiriladigan bir tizim.

Kuni kecha Prezidentimiz xalqimizga murojaat qildi. Bunday kunlarda birov manfaat koʻrishi, yolgʻon maʼlumotlarni tarqatishi kerak emas. Eng asosiysi hamma sohada jipslashgan holda epidemik barqaror muhitga erishishimiz kerak, degan fikrlarni aytdi.

Bunday tadbirlar hukumatimiz, sogʻliqni saqlash tizimi va barcha tashkilotlar tomonidan nazoratga olingan. Jiddiy muammo va xavotirga oʻrin yoʻq.

Bugunga qadar 9 ming 100 dan koʻproq odamni nazorat ostiga oldik. 6 mingdan koʻproq yurtdoshimizning salomatligi kafolatlangani uchun uyiga javob berildi. Hozirgi kunda 2 ming 300 fuqaro karantin muddatini oʻtayapti. Davlat chegaralari yopilgan. Temir yoʻl, avtomobil transportlari harakati chegaralangan. Shu bilan birgalikda xorijiy mamlakatlardagi hamyurtlarimizni olib kelish tadbirlari davom etmoqda.

Uyushgan holda kelgan xalqimiz uchun alohida statsionar sharoitda, yakka tartibda kelganlar uchun uy sharoitida karantin tadbirlari tatbiq etilayapti. Eng asosiysi bu kasallik uchun tashxis qoʻyish imkoniyati boʻlgan diagnostikumlar, himoya va dezinfeksiya vositalari, hatto shifo oʻrinlari zaxirasi yaratilgan. Biz hech qanday qiyinchiliksiz bu muammoni yechishga qodirmiz. 

Поделиться