O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Toshkent shahridagi korxonalarning xo‘jalik faoliyatini optimallashtirish mexanizmlari ko‘rib chiqildi

2020-03-19 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 17-mart kuni Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida videokonferentsiya shaklida Toshkent shahridagi sanoat korxonalari faoliyatini jadallashtirish, ularning xo‘jalik faoliyatini optimallashtirish va har tomonlama qo‘llab-quvvatlash choralari muhokama qilindi.

Yig‘ilish davomida investitsiyalar va tashqi savdo vaziri o‘rinbosarlari boshchiligida ishchi guruhlar tuzilib, ular tarkibiga tijorat banklari rahbarlari, Toshkent shahri tumanlari hokimlari va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi vakillari kiritildi. Ishchi guruhlar Toshkent shahrining barcha tumanlariga biriktirilgan bo‘lib, ular bir hafta davomida 1000 dan ortiq korxonalarni o‘rganadi va korxonalar samaradorligini oshirish bo‘yicha manzilli chora-tadbirlarni ishlab chiqishadi.

Davlat ulushi bo‘lgan korxonalarning biznes-jarayonlarini qayta ko‘rib chiqish orqali ular faoliyatini tizimli optimallashtirish choralarini ishlab chiqish maqsadida ularning joriy faoliyati har tomonlama tahlil qilinadi.

Shu munosabat bilan belgilangan davrda aniq maqsadlarga erishishni ta’minlash uchun ushbu korxonalar boshqaruviga ixtisoslashgan xorijiy kompaniyalarni jalb qilish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Xususiy sektor korxonalariga alohida e’tibor qaratildi - ularda mavjud muammolar, jumladan, qo‘shimcha moliyalashtirishga bo‘lgan ehtiyoji, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish imkoniyatlari aniqlanadi. Shuningdek, Toshkent shahar tumanlarining mavjud sanoat salohiyatidan kelib chiqqan holda yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish istiqbollari ham o‘rganib chiqiladi.

O‘rganilgan har bir korxona uchun ishlab chiqarishni kengaytirishning yangi zahiralarini aniqlash, modernizatsiya qilish, eksport salohiyatini ortirish va yangi ish o‘rinlari yaratish orqali ishlab chiqarishni mahalliylashtirish darajasini oshirish bo‘yicha alohida harakatlar rejasi ishlab chiqiladi.

Mavjud vaziyatni chuqur o‘rganish va har bir alohida korxonaning investitsiya va eksport salohiyatini rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan muammoli masalalarni aniqlash maqsadida mazkur ishlar Tadbirkorlar bilan bevosita joylarga chiqqan holda amalga oshiriladi.

Поделиться