O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Toshkent shahrida tahsil olayotgan talabalarni o‘z yashash manzillariga bepul eltib qo‘yish bo‘yicha xayriya aktsiyasi o‘tkazildi

2020-03-19 | Jamiyat

18-mart kuni Qashqadaryo va Samarqand viloyatlari hokimliklari tashabbusi bilan mazkur viloyatlardan kelib Toshkent shahrida tahsil olayotgan talabalarni o‘z yashash manzillariga bepul eltib qo‘yish bo‘yicha xayriya aktsiyasi o‘tkazildi.

Aktsiya doirasida Qashqadaryo viloyatidan 22 ta avtobus va 150 dan ortiq yengil avtomashinalar, Samarqand viloyatidan esa 6 ta avtobus va 20 dan ortiq yengil avtomashinalar jalb etildi.

- Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan talabalarga ta’til berilishi munosabati bilan ba’zi noqonuniy kirakashlar tomonidan yo‘l haqlari sun’iy ravishda oshirib yuborildi. Bu esa talabalarning o‘z manzillariga yetib olishlarida qiyinchiliklarni yuzaga keltirdi. Shu sababli, Qashqadaryo viloyati hokimligi hamda viloyat transport boshqarmasi hamkorlikda mazkur aktsiyani tashkillashtirdi. Aktsiya doirasida 22 ta avtobus, 4 ta mikroavtobus va 150 tadan ortiq yengil avtomobillar Toshkentga yetib keldi. Mazkur transport vositalari viloyatdagi tumanlar bo‘yicha taqsimlangan. Mazkur avtokarvon yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari kuzatuvida viloyatimizga yetib boradi va u yerdan o‘zimiz talabalarning o‘z yashash manzillariga yetib olishlarini ta’minlaymiz, - dedi viloyat transport boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Sherzod Norboboyev.

Qashqadaryo viloyatidan kelgan talabalarni o‘z manzillariga eltib qo‘yish uchun Toshkentga kelgan avtokarvon “Yoshlik” talabalar shaharchasida to‘plangan bo‘lsa, Samarqanddan kelgan talabalar “Toshkent” avtovokzalidan o‘z manzillariga jo‘nab ketishdi.

- Qashqadaryo viloyatidagi “Nurafshon” MChJ tarkibida xalqqa xizmat qilaman. Mana shunday aktsiya o‘tkazilayotganini eshitib, men ham Toshkentga keldim. Nasib qilsa, 6 nafar talabani Qashqadaryo viloyatiga bepul olib qaytmoqchiman. Ushbu kasbda 25 yillik tajribam bo‘lgani sababli, rahbariyat ham bu qarorimni qo‘llab-quvvatladi. Ochig‘i, bunday aktsiyalar orqali xalqimizning birdamligi sinovdan o‘tkaziladi. Shaxsan men bu kabi aktsiyalar 1 oy davom etsa ham qatnashishga tayyorman, - deydi Qashqadaryo viloyatidan kelgan ko‘ngilli haydovchilardan biri.

Qayd etish lozim, Toshkent shahriga viloyatlardan kelib tahsil olayotgan talabalarni kuzatish ishlari shu bilan yakunlandi. 19-martdan boshlab, talabalar turar joylari to‘liq yopilib, dizinfektsiya ishlari boshlanadi.

Поделиться