O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Bugun 282 nafar rossiyalik Toshkentdan Moskvaga olib ketildi
2020-03-18 | Jamiyat
O‘zbekiston koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida transport aloqalarini to‘xtatgani uchun “Aeroflot“ kompaniyasi maxsus reys bilan 282 nafar rossiyalikni Toshkentdan Moskvaga yetkazdi, deb ma’lum qildi Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi konsullik bo‘limi rahbari Ivan Fetisov RIA Novostiga.
O‘zbekiston hukumati koronavirus tarqalishi xavfi paydo bo‘lgani sababli 16 martdan boshqa davlatlar bilan transport aloqalarini to‘xtatdi. Xorijlik fuqarolarni vataniga eltish uchun charter reyslari tashkil etilmoqda.
O‘tgan seshanba kuni “Uzbekistan airways” kompaniyasi charter reysi bilan 248 nafar rossiyalikni Toshkentdan Vnukovoga yetkazgan.
Diplomatning qo‘shimcha qilishicha, elchixona rossiyaliklarni Uzbekistan airways samolyotlari orqali tashishni tashkil qilishda ham ishtirok etmoqda.