O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Koronavirus bo‘yicha O‘zbekistonda ​bir qator profilaktik cheklovlar joriy etildi

2020-03-18 | Sog‘liqni saqlash

  • Barcha davolash-profilaktika muassasalarida COVID-19 koronavirus infektsiyasi bo‘yicha cheklov o‘rnatiladi;
  • bemorlarni ko‘rgani kelgan va boshqa begona shaxslarni davolash-profilaktika muassasalariga kirishi, bemorlarni tashxisot-davolash ishlariga bog‘liq bo‘lmagan shaxslar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilishlari taqiqlanadi; 
  • davolash-profilaktika muassasalariga kelayotgan bemorlarni tana haroratini o‘lchash, epidemiologik surishtiruv va koronavirus belgilariga tekshirib filtrdan o‘tkazish tashkil etiladi;
  • davolash-profilaktika muassasalariga kirish va chiqishni qat’iy tartib asosida amalga oshirilishi va ichki ishlar boshqarmalarini jalb etgan holda muassasani perimetri bo‘ylab kunu-tun qo‘riqlanishi joriy etiladi; 
  • Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi huzuridagi virusologiya laboratoriyasi COVID-19 koronavirus infektsiyasiga laboratoriya tahlillarini o‘tkazish milliy referens laboratoriyasi deb belgilanadi hamda Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti va hududiy SEOM virusologiya laboratoriyalarida o‘tkazilgan tahlillar musbat natija bergan hollarda milliy referens laboratoriyasida qayta tekshiruvdan o‘tkazilib, uning natijasiga asosan yakuniy tashxis qo‘yish amaliyoti joriy etiladi;
  • bemor va uning oila a’zolari, bemor bilan muloqotda bo‘lganlarning shaxsiy ma’lumotlari sir saqlanishi bo‘yicha qat’iy nazorat o‘rnatiladi;
  • epidemik vaziyat noxush bo‘lgan hududlardan kelgan shaxslar hamda ular bilan muloqotda bo‘lganlarni kasallikka laboratoriyada tekshirish uchun Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazlarida kirish-chiqish tartibi bo‘lgan alohida maxsus namuna olish va kutish xonalari tashkil etiladi, bunda, tahlil natijasi chiqqunga qadar bemorlarni yuz niqobini taqqan holda kutib turishlari joriy etiladi​​.

Поделиться