O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Sport taʼlim muassasalarida dezinfeksiya ishlari amalga oshirilmoqda
2020-03-18 | Sog‘liqni saqlash
Hozirgi kunda butun dunyoga xavf solayotgan COVID-19 virusi sababli 2020-yil 16-mart sanasidan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimidagi barcha sport taʼlim muassasalari nomaʼlum muddatga yopilganidan xabaringiz bor.
Jismoniy tarbiya va sport vazirining tegishli buyrugʻi bilan vazirlik tizimida faoliyat koʻrsatayotgan barcha taʼlim muassasalari, jumladan Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, Respublika Olimpiya zaxiralari maktab-internatlari, Olimpiya va milliy sport turlariga ixtisoslashtirilgan maktab internatlar, IBOʻSMlar, BOʻSMlaridagi pullik va bepul toʻgaraklar, shuningdek, yopiq suzish havzalaridagi barcha toʻgaraklar nomuayyan muddatga taʼtilga chiqarilgan edi.
Shu sababli sport taʼlim muassasalarida karantin eʼlon qilinib, sport zallar, oʻqish xonalari va suzish havzasidagi suvlar boʻshatilib dezinfeksiya ishlari amalga oshirilmoqda.