O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Adliya organlari koronavirusga qarshi qanday kurashmoqda?

2020-03-18 | Sog‘liqni saqlash

Mamlakatimizda koronavirusdan ogohlik e’lon qilingan ushbu kunlarda adliya organlari va muassasalarida ham virusga qarshi kurash bo‘yicha qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Chunki adliya tashkilotlari aholi bilan faol muloqot qiladigan organlardan hisoblanib, ayrim tarkibiy tizimlar, xususan, davlat xizmatlari markazlari, notariat idoralarida aholi ko‘p to‘planishi, shuningdek, adliya bo‘limlarida fuqarolar murojaatlari bilan ishlashda bevosita muloqot qilish ehtiyoji mavjudligi ushbu chora-tadbirlarni taqozo qilmoqda.

Birinchi navbatda, odam ko‘p to‘planadigan joylarda virusdan himoyalanish tadbirlari ishlab chiqildi. Xususan, Toshkent shahridagi 11 ta Davlat xizmatlari markazlarida Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi mutaxassislarini jalb qilgan holda profilaktik dizinfektsiya ishlari amalga oshirildi. Xodimlar tibbiyot niqoblari va zarur gigiyena vositalari bilan ta’minlandi, keluvchilarga ham dezinfektsiyalovchi gel, spirt va tibbiyot niqoblari taklif qilinmoqda.

DXMlarga bevosita murojaat qiluvchilar sonini kamaytirish uchun xizmatlarni onlayn olish mumkinligi fuqarolarga tavsiya qilinmoqda. Buning uchun my.gov.uz saytidan foydalanish mumkin. Ayrim xizmatlarni olishda (masalan, STIR raqami haqidagi ma’lumotnomani) elektron raqamli imzo ham talab qilinmaydi.

Bundan tashqari, adliya organlariga fuqarolar murojaatini “call-center” yoki virtual tarzda, ya’ni sayt orqali amalga oshirish mumkinligi eslatilmoqda. Bevosita o‘zi murojaat qilgan fuqarolar bilan tibbiy niqob taqqan holda muloqot qilinmoqda.

Shuningdek:

- virusga qarshi targ‘ibot choralari kuchaytirildi. Xususan, bu boradagi tavsiyalarni, infektsiya alomatlari va unga qarshi choralar haqidagi infografikalarni alohida plakatlarda ish joylarida ko‘zga ko‘rinarli joylarda osib qo‘yildi;

- adliya organlari va muassasalari tomonidan majlis hamda boshqa tadbirlar o‘tkazilishi vaqtinchalik to‘xtatildi;

- hujjatlar bilan ishlashda imkon qadar masofadan turib (lokal tarmoq, ijtimoiy tarmoq orqali) ishlash yo‘lga qo‘yildi;

- karantin vaqtida yolg‘on va tekshirilmagan, odamlarda vahima yaratadigan xabarlar tarqatadigan shaxslarga nisbatan qonunchilik doirasida jinoiy javobgarlikkacha bo‘lgan choralar borligi haqida targ‘ibot qilish yo‘lga qo‘yildi;

- ish joylari, shu jumladan davlat xizmatlari markazlarida binolarni dezinfektsiya qilish chora-tadbirlari amalga oshirildi.

Bundan tashqari,

- xodimlarning mehnat qilish, dam olish tartibiga doir sanitariya va gigiyena normativlariga rioya etish ishlari qattiq nazorat ostiga olindi;

- ayrim shaxslar vaqtincha ishdan chetlashtirildi (bolnichniy);

- mehnatni muhofaza qilishga oid talablarni buzganlikda aybdor xodimlar intizomiy javobgarlikka tortilishi haqida ogohlantirildi.

Adliya organlari va muassasalarida koronavirusga qarshi yuqori darajada ogohlik rejimi davom etmoqda.

Поделиться