O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Turkmanistonga borishni rejalashtirayotgan fuqarolar diqqatiga
2020-03-17 | Jamiyat
Turkmanistonning Toshkent shahridagi Elchixonasi O‘zbekiston tomoniga rasman ma’lum qilishicha, COVID-19 koronavirusining kirib kelishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida, barcha mamlakatlar fuqarolari 2020-yil 16-martdan boshlab O‘zbekiston-Turkmaniston davlat chegarasini faqat “Olat - Farap avtoyo‘li” nazorat-o‘tkazish punkti orqali o‘tkaziladi, bunda yangi turdagi koronavirus yo‘qligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma talab etiladi.
Shu munosabat bilan, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Turkmanistonga tashrif buyurmoqchi bo‘lgan fuqarolarga Turkmaniston tomonining ushbu qarorini e’tiborga olishni tavsiya qiladi.