O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Hurmatli ota-onalar va MTT rahbarlari!

2020-03-17 | Jamiyat

2020-yil 15-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Hukumati mamlakatimiz aholisining salomatligi xavfsizligini ta’minlash maqsadida barcha turdagi MTTlar faoliyatini to‘xtatishga qaror qabul qildi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasidagi barcha MTTlarga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta’lim sifatini nazorat qilish Davlat inspektsiyasi rahbariyatining xati yuborildi. Unda koronavirus tarqalishining oldini olish uchun MTTlar vaqtincha yopilishi haqida xabardor qilingan.

Shuningdek, 15-mart kuni Maktabgacha ta’lim vazirining O‘zbekiston Respublikasidagi barcha MTTlar karantinga yopilishi to‘g‘risidagi buyrug‘i ham e’lon qilindi. Bu vaqt mobaynida MTTlarda dezinfektsiya choralari ko‘riladi va Sanitariya-epidemiologiya agentligining tuman vakillari bilan birgalikda sanitariya-epidemiologik tadbirlar tashkil etiladi.

MTTlar faoliyatining qayta boshlanish sanasi alohida e’lon qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur choralar — bu birinchi navbatda bolalar va ota-onalarni ushbu virus infektsiyasi bilan zararlanish ehtimolidan himoya qilishdir.

Shuningdek, SEN talablari bajarilmasa, MTT rahbariyati jinoiy javobgarlikkacha bo‘lgan jazoga tortilishlari mumkinligidan ogohlantiramiz.

Sizlardan xotirjamlikni saqlashni so‘rab qolamiz hamda to‘g‘ri tushunishingizga ishonamiz. Koronavirus infektsiyasining profilaktikasi uchun qat’iy tavsiya qilamiz:

1. Gigiyena talablariga rioya qiling.

Qo‘llarni doimiy ravishda yaxshilab sovunlab yuving, antiseptik vositalardan foydalaning, niqob taqing, gadjetlarni dezinfektsiyalang.

2. Boshqa insonlar bilan muomalani kamaytiring.

Imkoniyat darajasida jamoat joylariga bormang. Qo‘l bilan ko‘rishmang, quchoqlashmang va hakazo.

Поделиться