O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Koronavirus infektsiyasiga qarshi kurashish bo‘yicha olib borilayotgan choralar tashqi savdo yuklari harakatiga ta’sir ko‘rsatmaydi

2020-03-17 | Iqtisodiyot

Bugungi kunda jahonning 118 tadan ortiq mamlakatlarida koronavirus infektsiyasi qayd etilgan bo‘lib, infektsiya bilan bog‘liq xalqaro epidemik vaziyatdan kelib chiqib, respublikamiz hududiga koronavirus kirib kelishi, tarqalishi hamda aholining sanitar-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash maqsadida, bir qancha tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, joriy yilning 15-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri huzurida mazkur masalagabag‘ishlab o‘tkazilgan yig‘ilishda, 2020-yilning 16-mart kunidan boshlab Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlarida shaxslar va yo‘lovchi tashuvchi transport vositalari harakatini vaqtincha to‘xtatish bo‘yicha qaror qabul qilindi.

Mazkur yig‘ilish tafsilotlari ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinganidan so‘ng, ayrim tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi fuqarolar tomonidan eksport-import tartibida transport vositalarida tashilayotgan yuklar ham chegaradan o‘tkazilmas ekan-da degan ortiqcha xavotirlar bildirilmoqda.

“Shuni alohida ta’kidlash joizki, mazkur cheklovlar yuk avtomobillari, avia, temir yo‘l, daryo transportlarida yuk tashish bilan shug‘ullanuvchi shaxslar, ularning transport vositalari va tashilayotgan tashqi savdo yuklariga taaluqli emas”.

Chegara o‘tkazish hududlarida mazkur tashuvlarni amalga oshirayotgan shaxslar va ularning transport vositalari tegishli tartibda tekshiruvlardan o‘tkazilib, respublikamiz orqali harakatlanishiga ruxsat beriladi.

Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida tovarlarning tashqi savdo hajmi4,6 mlrd. AQSh dollarini tashkil etdi.

Shuningdek, respublikamizga jami 36 096 ta avtotransport vositalarida 671,5 ming tonna tovarlar tashuvi amalga oshirilgan.

Temir yo‘l orqali esa 79, 6 mingta vagonlarda 3 503,8 ming tonna tovarlarlar olib kelingan.

Davlat bojxona qo‘mitasi bojxona organlari faoliyatiga doir xolis va haqqoniy xabarlarni e’lon qilishda ommaviy axborot vositalari, keng jamoatchilik vakillari bilan o‘zaro hamkorlikka doimo tayyor ekanligini ma’lum qiladi.

Shu bilan birga, mazkur masalalarga oid har qanday murojaatlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining tunu-kun faoliyat ko‘rsatuvchi 11-08 raqamli ishonch telefoniga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin.

Поделиться