O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Narxlar barqarorligi - osoyishtalik omili

2020-03-17 | Iqtisodiyot

Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departament bilan hamkorlikda o‘tkazilayotgan monitoring ijobiy natijalarni ko‘rsatdi.

Ayni kunlardagi karantin davrida narxlar barqarorligi ommaviy vahima va tovarlar yetishmasligining oldini olishda muhim vositadir. Bu ayniqsa, oziq-ovqat va zarur tibbiy vositalarga bog‘liq bo‘lsa. Shu sababli, har bir tuman (shahar) soliq inspektsiyalari (DSI), viloyat soliq boshqarmalari (DSB) va O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi (DSQ) mas’ul xodimlaridan iborat maxsus shtab tashkil etildi.

Barcha yirik savdo markazlari, bozorlar, tovar ishlab chiqaruvchilar, ulgurji yetkazib beruvchilar va dorixonalarning batafsil ro‘yxati tuzilib, har biriga davlat soliq xizmati organlarining mas’ul xodimlari biriktirildi. Oziq-ovqat va birlamchi zarur iste’mol mahsulotlari narxlarining asossiz oshirilishi holatlarini o‘rganish, narxlar beqrarligining oldini olish va savdo sohasida doimiy tartibni ta’minlash - birinchi galdagi vazifa etib belgilandi.

Koronavirus pandemiyasi natijasida e’lon qilingan karantinning birinchi kunida DSQ raisi va uning o‘rinbosarlari, maxsus shtab vakillari joylarga chiqib vaziyatni o‘rgandi. Bunda Toshkentdagi barcha bozorlar - Bektemir, Mirobod, Mirzo Ulug‘bek, Chilonzor, Yunusobod va boshqa tumanlar qamrab olindi.

Haftaning birinchi kuni - dushanba bo‘lishiga qaramasdan savdo markazlarida noodatiy faollik kuzatildi. DSQ xodimlari tadbirkorlar, xaridorlar va bozorlar ishchilari bilan muloqotda bo‘ldi. Yakshanba kungi vahimalar bilan bog‘liq narxlar berqarorligi nazoratga olindi.

Sotuvchilarning gaplariga ko‘ra, o‘simlik yog‘i, kartoshka, piyoz, un va shunga o‘xshash boshqa mahsulotlar sotish hajmlari oshgan. Aksariyat hollarda narxlar avvalgidek o‘zgarishsiz qolgan. Meva va sabzovotlar narxlariga biroz ustamalar qo‘shilgan.

O‘rganishlar davomida narxlarni sun’iy ravishda oshirgan “uddaburon” yetkazib beruvchilar bilan tushuntirish ishlari ham o‘tkazildi.

Ko‘pchilik xaridorlar muloqotda odatiy haftalik xaridlariga zaxira uchun bir necha kilogramm qo‘shilganligini tan olishdi. Iste’molchilarning bu qadar sezilarli oqimiga qaramasdan kun o‘rtasida ham savdo rastalari bo‘shab qolmadi.

Sarimsoq, xalq orasida “isiriq” deb tarqalgan garmala o‘simligi, shuningdek, shaxsiy gigiyena mahsulotlariga bo‘lgan talab yuqoriligicha qolmoqda.

Koronavirus sababli oziq-ovqat mahsulotlari yetishmasligi bilan bog‘liq gap so‘zlar asossiz.

Oziq-ovqat va birinchi darajali zarur tibbiyot buyumlari narxlari bilan bog‘liq monitoring davom ettirilmoqda. Mamlakatda barqarorlikni ta’minlashga faqat bozor va savdo munosabati ishtirokchilarining birday insofli bo‘lishi orqali erishish mumkin.

Agar siz zarur bo‘lgan mahsulotlar narxining asossiz ko‘tarilganiga guvoh bo‘lsangiz DSQning (71) 244-98-98 raqamli “ishonch telefoni” yoki Sall-markazining qisqa 1198 raqamiga qo‘ng‘iroq qilishingizni so‘raymiz.

Поделиться