O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Fazliddin G‘oyibnazarov va Xurshid Tojiboyev ishtirokidagi janglar bekor qilindi
2020-03-17 | Sport
O‘zbekistonlik bokschilar ishtirokidagi jang oqshomi bekor qilindi. Avval ma’lum qilinganidek, 28-mart kuni ikki nafar o‘zbekistonlik bokschi Qozog‘istonda ringga ko‘tarilishi kerak edi.
Ammo, yuzaga kelgan koronavirus sababli Almati shahrida MTK Global tomonidan tashkil etiladigan jang oqshomi bekor qilindi. Bu haqda Olamsport.com sayti xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, o‘sha kuni o‘zbekistonlik bokschilar Fazliddin G‘oyibnazarov va Xurshid Tojiboyevlar ringga ko‘tarilishi lozim edi. Ushbu jang oqshomi bekor qilinganini Xurshid Tojiboyev ham tasdiqlagan.