O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Qashqadaryo viloyatida "Kesh tarixi va madaniyati" ekspozitsiyasi ochildi

2020-03-17 | Madaniyat

Qashqadaryo viloyati "Shahrisabz" davlat muzey qo‘riqxonasining yangi "Kesh tarixi va madaniyati" mavzusida ekspozitsiyasi ochildi. Ekspozitsiya kontseptsiyasi muallifi tarix fanlari nomzodi, arxeolog N.Xushvaqov bo‘lib, u qadimgi Kesh-Shahrisabz shahrining 2700 yillik tarixga oid Uzunqir, Sangirtepa va Podayotoqtepa arxeologik yodgorliklarida olib borilgan ilmiy tadqiqotlarga boshchilik qilgan.

Muzey rassomi Sh.Qurbonov badiiy bezash ishlariga rahbarlik qilgan bo‘lsa, Qashqadaryo viloyati Madaniyat va tarixi muzeyi direktori, arxeolog B.Mamadiyev, qo‘riqxonaning Qadimgi davr bo‘limi boshlig‘i J.Axmedov ekspozitsiya hammuallifi hisoblanadi. Ekspozitsiyada akademik M.E.Masson va G.A.Pugachenkovalar asos solgan “Kesh arxeologik topografik ekspeditsiyasi” (KATE)ning 1963-yilda tashkil topishi, Qashqadaryo viloyatida ilmiy tadqiqot olib borgan professor arxeolog olimlar faoliyati, Kesh-Shahrisabz shahrining 2700 yillik tarixiy taraqqiyot yo‘li, vohada shakllangan ilk Kesh (grek manbalarida Nautaka) shahar maketi, Aleksandr Makedonskiy tomonidan shaharni ishg‘ol qilinishi va vayron etilishi, Zorastrizm dini, ashyolari, Zardushtiylik ma’budlarining haykalchalari va uyruzg‘or buyumlari bilan birgalikda namoyish etilmoqda.

Ekspozitsiyaning ochilishida Xalqaro “Oltin meros” fondi raisi Amirqul Karim, “Tasviriy oyina” tashkilotining raisi Isfandiyor Latipov boshchiligidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyat rahbarlari hamda Termiz arxeologiya muzeyi direktori boshchiligidagi mehmonlar ishtirok etdilar.

Ekspozitsiya doimiy bo‘lib, sayyohatchilar muzeyning “Faxriy mehmonlar” kitobiga iliq fikrlar yozib qoldirilmoqda.

Поделиться