O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Ibn Sino maktabida on-layn darslar boshlandi

2020-03-16 | Innovatsiya

Respublikamizga koronavirus infektsiyasi kirib kelishining oldini olish chora-tadbirlarini kuchaytirish maqsadida Bosh vazir tomonidan o‘tkazilgan shoshilinch yig‘ilishda barcha oliy ta’lim, xalq ta’limi, maktabgacha ta’lim hamda tegishli vazirlik va idoralar tasarrufidagi ta’lim muassasalari talabalari, o‘quvchilari va tarbiyalanuvchilari uchun 2020 yil 16 mart kunidan uch hafta muddatga ta’til (karantin) e’lon qilindi.

Shu munosabat bilan Abu Ali Ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab internati o‘quvchilari ham ta’tilga chiqdilar. O‘quvchilarning ta’til paytida bilim olishlarini davom ettirishlari uchun 16 mart kunidan boshlab pedagog xodimlar tomonidan dars jadvalida belgilangan mavzular asosida onlayn dars mashg‘ulotlari maktab-internatning telegram kanali orqali namoyish etilmoqda.

Hozirda dars jadvaliga ko‘ra algebra, geografiya, o‘zbek tili, fizika fanlari bo‘yicha videosaboqlar telegram kanalga joylashtirildi. Karantin bahona endi ota-onalar ham dars jarayonini, har bir o‘qituvchining dars berish uslubini bevosita kuzatish imkoniga ega bo‘ldilar. Har ishda xayr bor, deb bejiz aytishmaydi.

Поделиться