O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Avtomobillarni ta'mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish

2020-03-16 | Jamiyat

Uzog‘imizni yaqin qiladigan eng yaxshi ko‘makchimiz ba avtomobillardir. Bugungi kunda ularning soni ancha ortgan. Shungdek ba'zan “erkalik” qilib qolsa, bir pasda usta qidirib qolamiz. Toshkent shahardagi ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish markazida shu kabi avtomobil ta'mirlovchi kasb egalarini ham tayyorlaydi.

Avtomobillarni ta'mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish

Bu yo‘nalishda avtochilangarlar, motorchilar, avtomobillar diagnostikasi sohasidagi mutaxassislar tayyorlanadi.

O‘qish muddati 6 oyni tashkil etib, bu davr mobaynida nazariy bilimlar amaliyot bilan mustahkamlangan holatda olib boriladi. Bundun tashqari yana 2 oy davomida o‘rganuvchilar tegishli tashkilotlarda amaliy mashg‘ulot ham olib borishadi.

Kasb-hunarga o‘qitish markaziga hujjatlar, o‘qish istagini bildirganlarning ixtiyoriy tanloviga muvofiq, tuman (shahar) Bandlikka ko‘maklashish markazining yo‘llanmasi asosida qabul qilinadi.
Toshkent shahridagi ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish markazining bitiruvchilariga egallagan kasbi (mutaxassisligi) bo‘yicha mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi davlat namunasidagi diplom beriladi.

Markazda ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish (qayta tayyorlash) bepul amalga oshiriladi

Поделиться