O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Farg‘ona viloyatida talabalarning o‘qishga jalb etilayotgani to‘g‘risidagi xabarlar yuzasidan vazirlik bayonoti

2020-03-16 | Ta’lim

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyatidagi oliy ta’lim muassasalarida respublikada e’lon qilingan karantin holatiga zid ravishda talabalarning o‘qishga jalb etilayotgani haqida assossiz xabarlar tarqalmoqda.

Vazirlik axborot xizmati mazkur masala yuzasidan Farg‘ona davlat universiteti bilan bog‘landi. Ma’lum bo‘lishicha, viloyatdagi oliy ta’lim muassasalarida talabalarning bir joyga to‘planishini oldini olish maqsadida karantin vaqtida o‘qish bilan bog‘liq muhim ma’lumotlar guruh sardorlari orqali tarqatilmoqda. Biroq karantin holatida talabalarning darslarga jalb etilishi bo‘yicha hech qanday topshiriq bo‘lmagan.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi yurtimizdagi barcha oliy ta’lim muassasalari (OTM), akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida 2020-yil 16-martdan e’tiboran o‘qish to‘xtatilib, o‘quvchi-talabalar ikki hafta muddatga (hozircha) ta’tilga chiqarilishini yana bir bor ma’lum qiladi. 

Shuningdek, aholi o‘rtasida vahimaga sabab bo‘ladigan asossiz ma’lumot tarqatish O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishini eslatib o‘tmoqchimiz.

Vazirlik bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamda tegishli idoralar bilan hamkorlik qiladi.

Поделиться