O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oʻzbekiston Superligasi 3-tur yakunlandi. 4-tur qachon oʻtkaziladi?

2020-03-16 | Sport

15-mart kuni Oʻzbekiston Superligasining joriy mavsum 3-tur oʻyinlariga yakun yasaldi.

Ushbu turda ikkita yirik hisob qayd etildi. Har ikkalasida Toshkent jamoalari oʻz maydonlarida uch toʻp farqi bilan gʻalaba qozonishdi.

Eʼtiborlisi, Mirjalol Qosimov bosh murabbiyligidagi AGMK jamoasi oʻzining dastlabki gʻalabasini qoʻlga kiritdi. Olmaliqliklar oʻz maydonlarida Vadim Abramov boshqarayotgan “Bunyodkor” klubidan 2:0 hisobida ustun kelishdi. Ushbu magʻlubiyat “qaldirgʻochlar”ning ilk magʻlubiyati sifatida qayd etildi.

Hozirgacha chempionat doirasida “Paxtakor” va “Nasaf” jamoalari ochko yoʻqotishmayapti. Eʼtiborlisi qarshiliklar ikki gʻalabasini safardagi oʻyinlarda qoʻlga kiritdi. “Sherlar” esa har uchala bahsini oʻz maydonlarida oʻtkazishdi.

Muhsin Muhammadiyev bosh murabbiyligidagi “Buxoro” jamoasi hozircha birorta ochko qoʻlga kirita olmagan yagona klub boʻlib turibdi. Shuningdek, “Soʻgʻdiyona”, “Andijon” va “Qizilqum” jamoalari birorta ham gʻalaba qozona olishmagan.

“Lokomotiv” – “Buxoro” 3:0;
“Andijon” – “Navbahor” 0:0;
“Paxtakor” – “Metallurg” 4:1;
“Mashʼal” – “Qizilqum” 1:1;
“Qoʻqon-1912” – “Soʻgʻdiyona” 2:1;
AGMK – “Bunyodkor” 2:0;
“Surxon” – “Nasaf” 1:2.

Xabaringiz bor, PFL taqvimiga koʻra Superliganing 4-tur oʻyinlariga 19-mart kuni start berilishi kerak edi. Ammo, mamlakatimizda koronavirus alomatlari mavjud boʻlgan shaxslar aniqlangani bois Hukumatimiz tomonidan 16-martdan boshlab yurtimizda oʻtkazilishi rejalashtirilgan barcha tadbirlar bekor qilindi.

Shu boisdan, barcha futbol musobaqalari ham qoldirildi. Shuningdek, 15-mart kuni OʻFA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov ham futbol boʻyicha oʻtkaziladigan har qanday uchrashuvlarning bekor qilinishi boʻyicha topshiriq berdi. Shu sababdan Superliga oʻyinlari ham nomaʼlum muddatga qoldirildi.

Поделиться