O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Innovatsion rivojlanish vaziri Xorazm texnoparki faoliyati bilan tanishdi

2020-03-16 | Jamiyat

Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov Xorazm viloyatiga tashrifi doirasida Xorazm innovatsion texnoparkining qurilish va obodonlashtirish ishlari, shuningdek, texnoparkda yaratilayotgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.

Texnopark rahbariyati va rezidentlari bilan oʻtkazilgan uchrashuv davomida Xorazm innovatsion texnoparki faoliyatini yoʻlga qoʻyish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar, kelgusi vazifalar hamda kelajakda texnoparklarni rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari muhokama etildi va tegishli tavsiyalar berildi. Shuningdek, vazir texnopark rezidentlari tomonidan ishlab chiqilgan loyihalar bilan tanishib, istiqboldagi rejalar xususida amaliy tavsiyalar berildi.

I. Abdurahmonov texnopark rezidentlarining bilimlarini oshirish uchun kurslar va treninglar tashkil etish, hududda fan, taʼlim va ishlab chiqarishning oʻzaro uzviyligini taʼminlash, shuningdek, hududning muammolaridan kelib chiqqan holda, texnopark faoliyati doirasida shu yoʻnalishlarga alohida ahamiyat qaratilishi, bu orqali viloyatdagi ishsiz yoshlarga kasb oʻrgatish, yangi ish oʻrinlar yaratish lozimligini taʼkidlab oʻtdi.

Innovatsion rivojlanish vaziri Xorazm viloyatida tashkil etilgan umumxalq hasharida ishtirok etib, Xorazm innovatsion texnoparkini obodonlashtirish ishlarida qatnashdi, texnopark bogʻiga ilk koʻchatlardan birini oʻtkazdi.

Xorazm texnoparki hududda raqobatbardosh innovatsion mahsulotlar hamda xizmatlarni ishlab chiqish, talabalar va yosh olimlarga qulay sharoitlar yaratish orqali ilmiy hamda ilmiy-texnik faoliyat natijalarini jadal va keng joriy etish, yuqori texnologiyalar sohasida tadqiqotlar oʻtkazish maydoni boʻlishi kutilmoqda. Texnoparkda ilmiy hamda innovatsion loyihalarni amalga oshiriladi. Bu oʻz navbatida hududning innovatsion salohiyatini oshirishga ijobiy taʼsir koʻrsatadi.

Поделиться