O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Prezident: Jaloliddin Manguberdi - buyuk sarkarda bobomiz, millatimizning faxru g‘ururi

2020-03-16 | Siyosat

Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatiga ilgari kelganida Urganch shahrida Jaloliddin Manguberdi memorial bog‘i tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatma bergan edi. Shunga muvofiq loyiha taklifi tayyorlanib, bu galgi tashrif chog‘ida namoyish qilindi.

Davlatimiz rahbari haykalning xomaki nusxasini, uning atrofdan ko‘rinishini sinchiklab ko‘rdi. Mazkur yodgorlik mahobatli bo‘lishi, uzoqdan ham yaqqol ko‘zga tashlanib turishi zarurligini ta’kidladi. 

Bog‘ uchun mo‘ljallanayotgan maydon mutasaddilar bilan muhokama qilindi.

- Jaloliddin Manguberdi - buyuk sarkarda bobomiz, millatimizning faxru g‘ururi. Unga bag‘ishlangan maydon shunga yarasha katta, mazmunli bo‘lishi kerak. Bog‘ bo‘ylab Manguberdining ozodlik uchun kurashi, janglari haqida lavhlar o‘rnatilishi zarur. Bu yerga kelgan odam faqat haykalni ko‘rmay, o‘ziga bilim, kuch-qudrat olsin, turistlar tariximizni o‘rgansin, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Loyihani qaytadan puxta ishlab chiqish, transport harakati uchun qulayliklarni inobatga olish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Davlatimiz rahbarining Xorazm viloyatiga safari 13-mart kuni yakunlandi.

Поделиться