O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri bilan Rossiya Federatsiyasi Tergov qo'mitasi raisining uchrashuvi bo'lib o'tdi

2020-03-13 | Xavfsizlik sohasi

Joriy yilning 12 mart kuni Ichki ishlar vaziri general-leytenant Po'lat Bobojonov yurtimizga tashrif buyurgan Rossiya Federatsiyasi Tergov qo'mitasi raisi adliya generali Aleksandr Bastrikin bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida tomonlar jinoyatchilikka qarshi kurashish va jamoat tartibini saqlash sohasidagi O'zbekiston-Rossiya o'rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik borasida fikr almashdilar. Jinoyat ishlari bo'yicha huquqiy yordam ko'rsatish va ayblanuvchi shaxslar ekstradatsiyasiga oid ishlarda o'zaro hamkorlikning ijobiy dinamikasi qayd etildi.  

Respublika ichki ishlar organlari tizimi kompleks isloh qilinayotgani, jumladan, IIV Tergov bosh boshqarmasi IIV huzuridagi Tergov departamentiga aylantirilganligi haqidagi ma'lumotlar rossiyalik hamkasblar e'tiboriga havola etildi. Jinoyatlarni o'z vaqtida fosh etish, har tomonlama, to'la va xolisona tergov qilish, shuningdek joylardagi tergov bo'linmalari faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish Tergov departamentining asosiy vazifalari sirasiga kirishi ta'kidlab o'tildi. 

Bundan tashqari, yoshlar va xotin-qizlar bilan bog'liq masalalarga e'tiborning kuchaytirilgani, har bir shahar va tuman ichki ishlar bo'limida xotin-qizlar masalalari bo'yicha inspektor lavozimining joriy etilgani qayd etildi. 

Yig'ilishlari doirasida terrorizm, estremizm va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish, shuningdek O'zbekiston va Rossiya ichki ishlar vazirliklarining tezkor-qidiruv faoliyat jabhasidagi hamkorligi bilan bog'liq masalalar muhokama qilinib, ikki tomonlama muvofiqlashtiruvchi ishchi guruhi faoliyati haqida ham ma'lumot berildi. 

Uchrashuv yakunlariga ko'ra tomonlar O'zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xodimlari uchun Rossiya Tergov qo'mitasining oliy ta'lim muassasalari negizida qisqa muddatli o'quv kurslarining tashkil qilinishi, O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi hamda Rossiya Federatsiyasi Tergov qo'mitasining Akademiyasi o'rtasida uzoq muddatli hamkorlik aloqalarining o'rnatilishi haqida kelishib olishdi.

Uchrashuv ishchanlik ruhida, ochiq muloqot shaklida o'tdi.

Поделиться