O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Toshkent va Omsk o‘zaro hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi

2020-03-13 | Iqtisodiyot

Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Sharof Rahmonov Rossiya Federatsiyasi, Omsk viloyati delegatsiyasi vakillari bilan uchrashdi.

Omsk viloyati Iqtisod vazirining o‘rinbosari Denis Kushner hokimlik vakillariga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, o‘zaro foydali hamkorlik yo‘nalishlarini ko‘rib chiqish taklifini bildirdi. Vazir o‘rinbosari hozirda O‘zbekiston bilan Omsk viloyati o‘rtasida tekstil va qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlik aloqalari yaxshi rivojlanganini ta’kidlab, kelgusida energetika, qurilish, raqamlashtirish, shaharsozlik va boshqa sohalarda iqtisodiy aloqalar ko‘lamini kengaytirish niyatini bildirdi.

Sharof Rahmonov Omsk tomonining taklifi uchun minnatdorlik bildirib, poytaxt hokimligi o‘zaro foydali hamkorlikka tayyorligini bildirdi.

Uchrashuvda ishtirok etgan Toshkent shahar Turizmni rivojlantirish departamentining boshlig‘i Sanjar Tadjiyev poytaxtimizning turistik salohiyati haqida ma’lumot berdi. Bunga javoban “Omsk viloyati rivojlanish va investitsiya agentligi” AJning bosh direktori Yevgeniy Kovtun bu yo‘nalishdagi hamkorlik imkoniyatlarini atroflicha o‘rganib, birgalikda ish olib borishga qaratilgan loyihalarni tayyorlash taklifini bildirdi.

Uchrashuv yakunida taraflar ikki tomonlama hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini atroflicha o‘rganib chiqish va o‘zaro muloqotlarni davom ettirishga kelishib oldilar.

Поделиться