O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Hindiston O‘zbekistonning yoqilg‘i energetika kompleksi loyihalaridan manfaatdor

2020-03-13 | Iqtisodiyot

«O‘zatom» agentligida shu yilning 11-martida Hindistonning O‘zbekiston Respublikasidagi Elchisi Santosh Ja bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekistonning yoqilg‘i-energetika kompleksida (YEK) hamkorlikning rivojlanishi, jumladan, atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda “O‘zatom” agentligi delegatsiyasining shu yilning fevral oyida Hindistonning AES qurilishi bo‘yicha tajribasini o‘rganish hamda davlat yadroviy-energetika dasturini amalga oshirishda ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida ushbu mamlakatga qilingan safar yakunlari bo‘yicha erishilgan kelishuvlar muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida Hindiston tomonidan Yadroviy-energetik hamkorlikning global markazi (GCNEP, Hindiston) bilan “O‘zatom” agentligi o‘rtasida atom energetikasi sohasida kadrlarni tayyorlash borasida hamkorlik qilish bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumining loyihasi rasman taqdim qilindi.

GCNEP  2010-yilda Hindiston Hukumatining Atom energiyasi bo‘yicha departamenti qoshida tashkil qilingan. Markaz qoshida 5 ta maktab mavjud bo‘lib, ular yadro energiyasi va yadroviy xavfsizlik  sohasidagi tadqiqotlarga, radiologik xavfsizlik, yadroviy material xarakteristikalarini o‘rganishga, radioizotoplar va  radiatsion texnologiyalarni qo‘llashga yo‘naltirilgan.

Ayni paytda Elchi  Hindistonda yadroviy tibbiyot va agrosanoat kompleksida yadroviy texnologiyalarni qo‘llash rivojlanib borayotgani, hind kompaniyalari energetika sohasiga oid loyihalarda, xususan qayta tiklanadigan energiya manbalari ob'yektlarini barpo etish va issiqlik elektr stantsiyalarini modernizatsiya qilish bo‘yicha loyihalarda ishtirok etayotgani haqida ma’lumot berdi. Shu bilan birga Hindiston tomoni O‘zbekiston uchun quyoshli panellarni joriy etish uchun grantlar berish imkoniyati mavjudligini ma’lum qildi.

O‘zbekiston tomonidan investitsiyaviy dasturlarda ishtirok etish uchun taklif bildirildi hamda O‘zbekiston Kimyo sanoati uchun berilgan takliflarda ulushbay bo‘yicha ishtirok etish taklif qilindi.

Поделиться