O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Prezident avtomobillar narxi borasida o‘z fikrini bildirdi
2020-03-13 | Siyosat
Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyati faollari bilan uchrashuvda avtomobillar narxi oshirilganiga o‘z munosabatini bildirdi.
- Mana ko‘ryapsizlar, avtosanoatimiz rahbarlari mashinalar narxini oshirishga qaror qilgani odamlarning noroziligiga sabab bo‘ldi. Bu iqtisodiy jihatdan kerakdir, lekin hozirgi sharoitda to‘g‘ri emas. Biz xalqqa yengillik yaratishimiz lozim. Har bir qarorni yetti marta emas, yetmish marta o‘ylash zarur. Avvalo xalqimizning sotib oluvchanlik qobiliyatini mustahkamlash kerak, - dedi Prezident.
Davlatimiz rahbari bozor iqtisodiyotiga o‘tish og‘irligi, lekin mamlakatimiz shu yo‘ldan borishini ta’kidladi.