O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Vazir rahbarligidagi Maktabgacha ta’lim vazirligi ishchi komissiya hududdagi maktabgacha ta’lim tizimini monitoring qilish maqsadida Xorazm viloyatiga yetib keldi
2020-03-13 | Ta’lim
Tashrif buyurish rejalashtirilgan ob'yektlar ichida birinchisi - Xiva pedagogika kolleji bo‘ldi. Tez orada 400 bolakay uchun MTT sifatida o‘z faoliyatini boshlaydigan kollejda keng qamrovli rekonstruktsiya, binolardan birini kapital ta’mirlash ishlari olib borilyapti. Kollej hududining bo‘sh qismida 120 nafar bola uchun modulli MTT qad roslaydi.
Agrippina Shin kollejga tashrifi chog‘ida kollej talabalari bilan muloqot qildi. Rossiya fuqarosi Mavjuda Muratova o‘z kelajagini aynan maktabgacha ta’limda ko‘rayotganini aytar ekan, kichik yoshdanoq bolalarga munosib ta’lim berishni xohlayotganini bildirdi.
Fazilat Ramatova - Turkmanistondan kelgan ko‘plab talaba yoshlardan biri. Fazilatning aytishicha, unga bu yer juda yoqqan, barcha sharoitlar muhayyo qilingan, zavq bilan ta’lim olmoqda.
Monitoring yakunlangach, binolar hamda ularning atrofini rekonstruktsiya qilish va ta’mirlash bo‘yicha qaror qabul qilindi. Kollej negizida maktabgacha ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha klaster, shuningdek, MTT pedagoglarining malakasini oshirish bo‘yicha kurslar tashkil etiladi.
Ishchi komissiyaning navbatdagi manzili umumiy tipdagi 300 o‘ringa mo‘ljallangan MTTda rekonstruktsiya qilinayotgan ixtisoslashtirilgan MTT bo‘ldi. Bu yerda hozirgi vaqtda qurilish ishlari olib borilmoqda. Binoni shu yilning yozida foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.
MTTning katta hududi ham bolalar uchun ham pedagogik tarkib uchun keng qamrovli tadbirlar o‘tkazish imkonini beradi. Ta’lim berish va faoliyatini olib borishda Polsha texnologiyasi elementlari qo‘llaniladi. Bino rekonstruktsiyasi Maktabgacha ta’limni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshirilmoqda.