O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oʻzbekiston Bosh prokurori Rossiya Federatsiyasi Tergov qoʻmitasi Raisi bilan uchrashdi

2020-03-13 | Siyosat

12-mart kuni Bosh prokuraturada Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori Nigʻmatilla Yoʻldoshev Rossiya Federatsiyasining Tergov qoʻmitasi Raisi Aleksandr Bastrыkin bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Uchrashuv davomida delegatsiya vakillariga mamlakatimiz hayotining barcha jabhalarida, xususan, sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar haqida maʼlumot berildi.

Uchrashuv ishtirokchilari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bilan Rossiya Federatsiyasi Tergov qoʻmitasi oʻrtasidagi hamkorlik professional aloqalarni yoʻlga qoʻyish va shartnomaviy-huquqiy bazasini kengaytirish orqali izchillik bilan rivojlanayotganligi taʼkidlandi.

Taraflar oʻzaro manfaatli boʻlgan keng qamrovli masalalarni muhokama qilishdi va idoralararo hamkorlikni yana-da rivojlantirish istiqbollari boʻyicha fikr almashdi.

Uchrashuv yakunida Oʻzbekiston Bosh prokuraturasi bilan Rossiya Federatsiyasi Tergov qoʻmitasi oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisida Bitim hamda 2020-2021-yillarga moʻljallangan idoralararo hamkorlik Dasturi imzolandi. Ushbu hujjatlarning amalda tatbiq etilishi huquqiy sohada axborot va ilgʻor tajriba almashish orqali ikki tomonlama hamkorlikning rivojlanishini yangi bosqichga koʻtarishga xizmat qilishi taʼkidlandi.

Rossiya delegatsiyasining tashrifi shakllangan sermahsul aloqalarni yana-da kengaytirish va mustahkamlash yoʻlida muhim qadam ekanligi qayd etildi.
 

Поделиться