O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Latviyada O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasining vakolatxonasi ochildi

2020-03-13 | Jamiyat

2020-yilning 10-mart kuni Riga shahridagi Axborot tizimlarini boshqarish Oliy maktabida (ISMA) O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasining (O‘YUA) Latviyadagi vakolatxonasi ochildi.

Marosimda Latviya jamoatchiligi, ilmiy, madaniy va gumanitar doiralar, diplomatik korpus vakillari, vatandoshlar, shuningdek, Latviyada tahsil olayotgan o‘zbekistonlik yoshlar ishtirok etdilar.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Dilshod Axatov o‘zining tabrik nutqida Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarga, shu jumladan respublikada olib borilayotgan yoshlarga oid yangi siyosatga e’tibor qaratdi. So‘nggi yillarda yoshlarga oid davlat siyosatining huquqiy asoslari mustahkamlangani, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha Respublika idoralararo kengashi tuzilgani, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tashkil etilgani va 30-iyun Yoshlar kuni deb e’lon qilinganligi ta’kidlandi.

Davlatimiz rahbarining yanvar oyidagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida yoshlarga oid davlat siyosatini yanada rivojlantirish muhimligi ta’kidlangan edi. Hozirgi vaqtda yoshlar bilan ishlash samaradorligini baholashning yagona mezonlari va yoshlarga oid davlat siyosatini baholash indekslarini joriy etish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda va “O‘zbekiston yoshlari – 2025” konsepsiyasi ishlab chiqilmoqda.

Ta’kidlanganidek, Riga shahrida O‘YUA vakolatxonasining ochilishi nafaqat Latviyada, balki butun Boltiqbo‘yidagi O‘zbekiston yoshlari uchun muhim voqea bo‘ldi. U aloqa, tajriba va bilim almashish, talaba hayotining dolzarb masalalarini muhokama qilish uchun umumiy maydon bo‘lib xizmat qiladi. O‘z navbatida ISMA rahbariyati Vakolatxona faoliyatiga har tomonlama yordam berishga tayyorligi ma’lum qilindi.

ISMA prezidenti Roman Dyakon O‘zbekiston hozirgi kunda o‘z taraqqiyotidagi tarixiy muhim bosqichni kechirayotganini, mamlakatda tub va jo‘shqin o‘zgarishlar ro‘y berayotganini qayd etdi. ISMA O‘zbekistonda Farg‘ona davlat universiteti bazasida ilk filialini ochgan bo‘lib, unda biznesni boshqarish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va turizm kabi talab yuqori bo‘lgan sohalarda bakalavriyat o‘qitiladi.

Tadbirning rasmiy qismi dunyoning turli mamlakatlaridan bo‘lgan ISMA talabalari tomonidan o‘zbek va latish san’atining mashhur asarlarini ijro etish bilan yakunlandi.

Поделиться