O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Energetika vazirligi va «Enpetrol» bo‘lajak hamkorlikni muhokama qildi
2020-03-12 | Iqtisodiyot
O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligida shu yilning 10-mart kuni «Enpetrol Enerji» xalqaro kompaniyasi raisi Erjan Engin rahbarligi ostidagi delegatsiya bilan muzokaralar o‘tkazildi.
«Enpetrol Enerji» - bu xalqaro injiniring, ishlab chiqarish va qurilish kompaniyasi bo‘lib, u energetika, neft-gaz, neft va neft-kimyo sanoati sohasidagi loyihalarga, shuningdek sanoat ob'yektlari qurilishiga ixtisoslashgan.
Uchrashuv davomida vazirning birinchi o‘rinbosari Jo‘rabek Mirzamaxmudov boshchiligidagi Energetika vazirligi vakillari mehmonlarni mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayoni, energetika, neft-gaz va kimyo sohasidagi istiqbolli loyihalar bilan tanishtirdi. Ular orasida - xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan yangi generatsiya qilinuvchi quvvatlarni barpo etish bo‘yicha tayyorgarlik bosqichidagi loyihalar bor.
Erjan Engin ta’kidlaganidek, O‘zbekistonning energetika tarmog‘ini isloh qilish jarayoni salohiyatli investorlarda katta qiziqish uyg‘otmoqda.
Muzokaralar natijasi bo‘yicha tomonlar o‘rtasida amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida hamkorlik qilish imkoniyatlarini batafsil o‘rganib chiqish uchun «Enpetrol Enerji» kompaniyasiga zarur ma’lumotlarni taqdim etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.