O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

TDTUda “Robot.uz-2020” respublika tanlovi boshlandi

2020-03-12 | Texnologiyalar

10-mart kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida “ROBOT.UZ-2020” respublika tanlovining saralash musobaqalariga start berildi.

Tanlovda 12 ta viloyatdan jami 420 nafar o‘quvchi-yoshlar, iqtidorli talabalar, yosh tadqiqotchilar hamda korxonalarning yosh mutaxassislaridan iborat 334 ta jamoa qatnashmoqda. 

“ROBOT.UZ-2020”da 9-15 yoshdagi ishtirokchilar uchta - Robo Futbol, Robo Sumo va Kegelring nominatsiyalarida, 16-25 yoshdagi ishtirokchilar esa 5 ta -  Robo sumo, Robo futbol, Mobil robotlar poygasi, Foydali ish bajaruvchi robot va Intellektual robot nominatsiyalari bo‘yicha o‘zlari yasagan robotlar yordamida bellashmoqdalar.

Tanlov 11-mart kuni ham davom etadi, 12-mart kuni final musobaqalari o‘tkazilib, g‘oliblar aniqlanadi va taqdirlanadi. 

Поделиться