O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yaponiya Elchisi bilan uchrashuv

2020-03-11 | Siyosat

2020-yilning 11-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev Yaponiyaning Favqulodda va Muxtor Elchisi Yoshinori Fujiyama bilan uchrashdi.

Suhbat chog‘ida Afg‘onistondagi vaziyatni yanada rivojlantirish, O‘zbekiston va Yaponiyaning, umuman xalqaro hamjamiyatning afg‘onlararo muzokaralar jarayonini boshlashga ko‘maklashish borasidagi sa’y-harakatlari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Yaponiya tomoni Afg‘onistonda uzoq muddatli va barqaror tinchlik o‘rnatish, butun afg‘on xalqi manfaati uchun uning ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmasini tiklashga bundan keyin ham faol hissa qo‘shishga tayyorligini bildirdi.

Uchrashuv yakunida Afg‘onistondagi inqirozni tinch yo‘l bilan hal etishning eng maqbul yo‘llarini toppish bo‘yicha yaqin hamkorlikni davom ettirish zarurligi to‘g‘risida kelishib olindi.

Поделиться