O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Alisher Shadmanov: «Biz kasallikni berkitayotganimiz yo‘q, uni berkitishning iloji ham yo‘q»

2020-03-11 | Sog‘liqni saqlash

Koronavirus infektsiyasining O‘zbekistonga kirib kelishi va tarqalishining oldini olish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, davlat chegaralaridagi mavjud 53 ta sanitariya-karantin punktlariga qo‘shimcha vrachlar, teplovizor va kontaktsiz termometrlar, shaxsiy himoya vositalari ajratilib, faoliyati samaradorligi kuchaytirildi. Ushbu punktlardan o‘tayotgan har bir fuqaroning yashash joyi bo‘yicha ma’lumotlar olinib, birlamchi tibbiy muassasalari tomonidan ular ustidan 14 kunlik tibbiy kuzatuv yo‘lga qo‘yilgan. Joriy yilning 15 yanvaridan hozirgi kunga qadar respublika bo‘yicha tibbiy kuzatuvga olingan fuqarolardan 5 ming nafarga yaqini kuzatuvdan chiqarilgan, 1 542 nafar fuqarolarda tibbiy kuzatuv davom ettirilmoqda. Koronavirus qayd etilgan Xitoy va boshqa davlatlardan kelgan fuqarolardan epidemik va klinik ko‘rsatmaga asosan 1760 nafaridan laboratoriya tahlili uchun olingan biologik namunalarda koronavirus aniqlanmadi.

Agar kasallik qayd etiladigan bo‘lsa, dori vositalarining zahirasi, shuningdek profilaktika bo‘yicha imkoniyatlarimiz yetarli. Targ‘ibot ishlarini kuchaytirishimiz, zarur haqqoniy ma’lumotlarni vaqtida yetkazib turishimiz zarur.

Eng muhimi, har bir fuqaro noto‘g‘ri, vahimali ma’lumotlarga ishonmasligi, o‘z ehtiyot choralarini ko‘rishi zarur. Bu kasallikni biz berkitayotganimiz yo‘q, uni berkitishning iloji ham yo‘q. Zarurat bo‘lmasa, xorijga chiqmaylik, cheklaylik. Siz sog‘lom bo‘lganingiz bilan yoningizdagilar o‘z kasalliklaridan bexabar holda yuqtirib qo‘yishi mumkin.

Barcha cheklov choralarini oshkor e’lon qilyapmiz va buni to‘g‘ri tushunishni so‘rar edik. Fuqarolarimiz barcha ehtiyot choralarini ko‘rsalar, ishonamanki biz bu jangda g‘olib chiqamiz.

Поделиться